Matbuot sharhlari 12.11.2024
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.
Hürriyet gazetasi: Prezident Erdoʻgʻan Isroilga qurol embargosini joriy etishni taklif qildi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Riyod shahrida navbatdan tashqari oʻtkazilgan arab – islom sammiti doirasida, Isroilning insoniyatga qarshi jinoyatga qoʻl urganini ta’kidlab: «Ularning maqsadi Gʻazoga joylashib olishdir. Islom davlatlari sifatida Isroilga qarshi koʻrilgan har qanday choraga yetakchilik qilishimiz zarur. Birinchi navbatda, Isroilga qurol embargosini joriy etish va savdoni toʻxtatish alohida oʻringa ega», - deya gapirdi.
Yeni şafak gazetasi: Dunyodagi eng tez rivojlanayotgan mudofaa sanoati. Fransiya Mudofaa vazirligi keng koʻlamli hisobot tayyorlab, Turk mudofaa sanoati muvaffaqiyatini ta’kidlab oʻtdi. Unda, «Turk dron sanoati dunyodagi eng tez rivojlanayotgan texnologik ekotizimlardan biri», - degan ifodalarga oʻrin berilar ekan, ayni vaqtda, Turk Qurolli – qurolsiz insonsiz havo vositalarini xarid qilib olgan Afrika davlatlariga xarita orqali e’tibor qaratdi.
Vatan gazetasi: TUSAŞ bilan BAYKAR dunyoning eng yirik 50 ta aviatsiya kompaniyasi qatoridan oʻrin oldi. Aviatsiya va aerokosmik sanoati nashri «FlightGlobal» nomidan «Counterpoint Market Intelligence» tomonidan toʻplangan ma’lumotlarga koʻra Turkiyaning milliy havo vositasi ishlab chiqaruvchi TUSAŞ va BAYKAR, dunyoning eng yirik 50 ta aviatsiya kompaniyasi qatoridan oʻrin oldi.
Star gazetasi: «TCG Anadolu» kemasi yangi muvaffaqiyatni qoʻlga kiritdi. Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, «TCG Anadolu» bilan «TCG Derya» kemasi birinchi marotaba dengizda yoqilgʻi quyib, ogʻir yuk ta’minotini amalga oshirdi.
Sabah gazetasi: Turkiyadan Serbiyaga rekord darajasida eksport yoʻlga qoʻyildi. Turkiya joriy yilning yanvar oyidan oktabr oyiga qadar bo‘lgan 10 oylik davr mobaynida Serbiyaga nomi tilga olingan vaqtdagi eng yuqori ko‘rsatkichga ega eksportni yo‘lga qo‘ydi va undan 1 milliard 471,1 million dollar daromad oldi.