Matbuot sharhlari: 6. 11. 2024
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.
Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an: Isroil xalqaro tizimga tahdid solmoqda. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Oliy Darajali Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishida muhim bayonotlar berdi. Unda, Isroilning xalqaro tizimga tahdid solayotganini ifoda etgan Erdo‘g‘an: «Xalqaro hamjamiyat Isroilga bo‘lgan bosimini kuchaytirishi zarur. Falastin masalasini hal qilish uchun cho‘ra ko‘rishni davom etamiz», - dedi.
Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an Japarovga TOGG avtomobili sovg‘a qildi. Prezident Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Prezidenti Japarovga oq tusdagi TOGG avtomobili sovg‘a qildi.
Star gazetasi: Japarov Turkiya dunyoda yetakchi o‘rinda ekanini ifoda etib, Qirg‘izistonga investitsiya kiritilishini talab qildi. Turk shirkatlarini energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkiyaning tibbiy buyumlar va yuqori sifatli dori – darmon ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinda ekanini ifoda etib, Qirg‘izistonda farmatsevtika fabrikasi qurilishini iltimos qildi.
Vatan gazetasi:O‘mer Bo‘lat kredit reytingini oshirish to‘g‘risida bayonot berdi. Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat, «Iqtisodiy dasturimizning ijobiy natijalar bergani va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda kuzatilgan yaxshilanishni, mamlakatimizning kredit reytingini ketma - ket oshirgan xalqaro kredit reyting agentliklari ham tasdiqlaydi», - dedi.
Yenişafak gazetasi: Roketsan Parijda barcha e’tiborini o‘ziga tortdi.Raketa va raketa tizimlari bilan butun dunyoga o‘zini isbotlagan Turkiyaning yetakchi firmasi Roketsan, o‘zining ustun xususiyatlariga ega bo‘lgan dengiz tizimlari bilan Fransiya poytaxti Parijda uyushtirilgan Euronaval 2024 yarmarkasida barcha e’tiborni o‘ziga tortdi.