Matbuot sharhlari 05.11.2024
Prezident Erdo'g'an, Isroil bilan tijoriy operatsiyalarni butunlay to'xtatganliklarini aytdi. Erdo’g’an, “Genotsid jinoyatchilarini xalqaro huquq oldida javobgar qilish uchun qo’limizdan kelganini qilamiz” dedi.
Sabah gazetasi: “Erdog’anning Falastin haqida dunyoga chaqiruvi”
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an, “Bu sionistlarning G’azo va Livanga qaratilgan tajovuziga beriladigan eng yaxshi javoblardan biri "Falastin davlatini tan oladigan davlatlar ko'payashi." - dedi u. Erdo'g'an, davlatlarni Falastin davlatini tan olish chaqirig'ini takrorladi.
Hurriyet: “Erdo’g’an: Isroil bilan savdoni to’xtatdik”
Prezident Erdo'g'an, Isroil bilan tijoriy operatsiyalarni butunlay to'xtatganliklarini aytdi.
Erdo’g’an, “Genotsid jinoyatchilarini xalqaro huquq oldida javobgar qilish uchun qo’limizdan kelganini qilamiz” dedi.
Yeni Shafak: “Erdo’g’andan G’azoliklarga maqtov”
Prezident Erdo’g’an, Isroil hujumi ostidagi G’azoliklarning 13 oydan beri boshidan o’tkazmagan hech qanday bir og’riq va zulmn qolmaganini , shunga qaramay hech bir evaz bermaganlarini aytdi.
Ular o‘z vatanida erkin yashash uchun irodasidan hech orqaga qadam tashlamaganini ta’kidladi.
Haber Turk: “Markaziy bank zaxiralarida yangi rekord”
Turkiya Respublikasi Markaziy bankining jami zahiralari 25-oktabr haftasida oldingi haftaga nisbatan 33 million dollarga ortib, 159 milliard 398 million dollarga yetdi.
Star: “Turkiyaning avtomobil eksportida rekord”
Turkiya avtomobil sanoati 2024 yilning yanvar-oktyabr oylarida o'tgan yilning shu davriga nisbatan
6,5 foiz o'sish bilan 30 milliard 511 million 79 ming dollarga yetib, sektorlar bo'yicha barcha davrlarning eng yuqori 10 oylik eksportiga erishdi.