Matbuot sharhlari 1.11.2024
Turkiya gazetalaridan sharhlar...
Hurriyat gazetasi: “Erdo’g'an: Barcha davlatlar Isroilga bosim o'tkazishi kerak” sarlavhasi biln xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an kecha Anqaraga tashrif buyurgan Senegal Prezidenti Bassirou Diomaye Faye bilan qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi. Erdo’g’an anjumanda so’zlagan nutqida Senegalning Falastinga nisbatan tutgan pozitsiyasini taqdirladi.
"Biz Falastin va Livan xalqining yonida bo'lishni insoniy burchimiz deb bilamiz. Butun dunyo Isroilga bosim o'tkazishi kerak",- dedi Erdo’g'an.
Xabar turk gazetasi: “Tashqi ishlar vazirligi Yevropa komissiyasining Turkiya haqidagi hisobotiga munosabat bildirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Yevropa Komissiyasining Turkiya bilan bog'liq e'lon qilgan 2024 yilgi hisobotiga munosabat bildirdi. Vazirlik, ayniqsa, Kipr bilan bog'liq moddani tanqid qilib, ichki siyosiy dinamika bilan bog'liq tanqidlarni nohaqlik deb topganini ma’lum qildi.
Sabah gazetasi: “Oxirgi haftada 198 terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligi ma'lum qilishicha, o’tgan hafta Iroq va Suriya shimolida uyushtirilgan harbiy amaliyotlarda 198 nafar terrorist yo’q qilingan.
Yeni shafak gazetasi: “Eksport uchun Turkiyani tanladilar” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiyaning ilk jangovar insonsiz dengiz vositasi bo'lgan "Moviy Vatan" posboni “ULAQ-SİDA” uchun birinchi eksport shartnomasi imzolandi. Qatardagi xalqaro yarmarkada Qatar Ichki ishlar vazirligi bilan imzolangan shartnoma Turkiyaning birinchi insonsiz dengiz transporti eksporti loyihasi hisoblanadi.
Star gazetasi: “BRICSning Turkiyaga munosabati hayajonlantirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, BRICS o'zining rasmiy saytida Turkiyaning mashhur mudofaa sanoati mahsulotlari haqida video lavhaga o’rin berdi. Turk bayrog‘i tasviri aks etgan video lavhada “Turk havo mudofaa tizimlari” degan so’zga o’rin berildi.