Matbuot sharhlari 22.10.2024
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.
Hürriyet gazetasi: Hakan Fidan: Qorongʻu tashkilot rahbari oʻldi. FETOga qarshi kurashimiz davom etadi. Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, FETO toʻdasi boshi Fethullah Gulenning oʻlimi haqida bergan bayonotida: «Rasvedka manbalarimiz FETO toʻdasi boshining oʻlimini tasdiqlamoqda. Qorongʻu tashkilot rahbari oʻldi. Bu oʻlim xabari bizni hech qachon xotirjamlikka yetaklamaydi. Bu tashkilot xalqimiz tarixida kamdan – kam uchragan xavfdir. Minglab yoshlarimizni muqaddas qadriyatlar bahonasi bilan oʻz tarkibiga qoʻshib olib, ularni oʻz vatanlari, xalqi va muqaddas qadriyatlariga xiyonat qiluvchi mashinalarga aylantirib oldi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Sabah gazetasi: TBMM raisi Numan Kurtulmush: FETO qoldiqlariga qarshi kurashamiz. Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, Aydinda ishtirok etgan dasturda bayonot berdi. Unda, FETO toʻdasi boshi Fethullah Gulenning oʻlimi haqida gapirgan Kurtulmush: «Umr boʻyi qamoqxonada chirishini istardik. Umrbot azob ichida qolishiga ishonchim komil. Bundan buyon FETO tashkilotining qolgan qoldiqlariga qarshi kurashimizni qat’iy qaror bilan davom ettiramiz», - dedi.
Star gazetasi: Ukrainaning gʻalaba rejasini Turkiya bilan boʻlishdi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida nutq soʻzlagan Ukraina Tashqi Ishlar vaziri Andrey Sibiha, oʻz yurtidagi urushni toʻxtatish borasida Kiyev tayyorlagan gʻalaba rejasini taqdim etdi. Sibiha oʻz soʻzida, tinchlik tilagan har bir davlat, Birlashgan Millatlar Tashkiloti talablari asosida yordam berishi kerakligini ta’kidlab: «Bunga Turkiyaning ham hissa qoʻshganini bilamiz», - deya gapirdi.
Vatan gazetasi: Gaz ishlab chiqarishda rekord oʻrnatiladi. Energiya va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar, 2025 - yilning birinchi choragida Sakariya gaz maydonida har kuni 9,1 million kub metr gaz ishlab chiqarilishi va u orqali 4 million xonadon ehtiyojini qondirish mumkinligini ifoda etdi.
Haber Türk gazetasi: Turkiyaning kemalar pristani maydoni kengaydi. Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uraloʻgʻlu kecha bergan bayonotida, Turkiyada 2002 - yili 41 ta boʻlgan kemalar pristani, bu yilga kelib 63 taga chiqqanini qayd etdi.