Matbuot sharhalari 01.10.2024
Sabah: “Erdo’g’an: BMT Xavfsizlik Kengashi kerak bo’lsa kuch ishlatishi kerak” Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasini Isroil hujumlarini to’xtatish uchun “kerak bo’lsa kuch ishlatish”ga chaqirdi.
Matbuot sharhalari 01.10.2024
Sabah: “Erdo’g’an: BMT Xavfsizlik Kengashi kerak bo’lsa kuch ishlatishi kerak”
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasini Isroil hujumlarini to’xtatish uchun “kerak bo’lsa kuch ishlatish”ga chaqirdi.
Erdog'an, bir hovuch radikal sionistlar mintaqaga o't qo'yayotganini aytdi.
Hurriyet: “Erdo’g’an: Turkiya mazlumlarning ovoziga aylandi”
Prezident Erdo’g’an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi nutqi bilan bog’liq holda Turkiyaning global platformada erkinlik, adolat, huquq va tenglik uchun kurashayotgan barcha mazlumlarning ovoziga aylanganini ta’kidladi.
Yeni Shafak: “Kurtulmush: Isroilning nishoni faqat G’azo emas”
Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush, Isroilning Livanga hujumi ortidan Suriyani nishonga olishining yakuniy nishonlaridan biri Turkiya ekanligini aytdi.
Star: “Turk davlatlari tashkilotidan yangi tashabbus”
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar kartografiya sohasida hamkorlik qilish uchun yigʻildi. Xuddi "Umumiy Turk alifbosi" kabi "Umumiy Turk dunyosi xaritasi"ni ishlab chiqarish ham maqsad qilingan.
Vatan: “Teknofestga ortga sanoq”
Dunyoning eng katta aviatsiya, kosmik va texnologiya festivali TEKNOFEST 2-6 oktyabr kunlari Adana shahrida bo'lib o'tadi. TEKNOFEST tanlovlari yoshlarning milliy texnologiyalarni rivojlantirishga qiziqishini oshirishga qaratilgan.