Matbuot sharhlari 12. 09. 2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2186467
Matbuot sharhlari 12. 09. 2024

Vatan gazetasi: Erdoʻgʻan Qrimning Ukrainaga qaytarib berilishi xalqaro huquq talabi ekanini qayd etdi. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, «Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini har doim qoʻllab – quvvatlaymiz. Qrimning Ukrainaga qaytarib berilishi, xalqaro huquqning talabidir», - dedi.

Hürriyet gazetasi: Janubiy Koreyaning super tezyurar poyezdga boʻlgan qiziqishi katta. Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo‘g‘lu Seulda hamkasbi Park Sang - Vu bilan Anqara - Istanbul o‘rtasida soatiga 350 kilometr tezlikda harakatlana oluvchi super tezyurar poyezd loyihasini muhokama qilganliklari va loyiha koreyalik hamkasbida katta qiziqish uyg‘otganini ma’lum qildi.

Yenişafak gazetasi: Sakariya Gaz sohasida suyunchli xabarlar bor. Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, yangi tabiiy gaz ishlab chiqarish bazasi 2026 – yil o‘rtasida Sakariya gaz sohasiga yuborilib, ishlab chiqarish faoliyatini boshlashini bildirdi. Shu doirada, «Sakariya Gaz sohasidan 2026 – yil o‘rtasida bir kunda 20 million kub metr ishlab chiqarish orqali 8 million oilaning gaz ehtoyiji qondiriladi», - dedi.

Sabah gazetasi: «The Guardian» sayyohlarning Turkiya haqidagi taassurotlariga e’tibor qaratdi. Buyuk Britaniyaning «The Guardian» gazetasi dunyoning turli burchaklaridan Turkiyaga kelgan sayyohlarning tajribalarini o‘z ichiga olgan sahifasida, sayyohlarning, Turkiya haqidagi taassurotlariga e’tibor qaratdi. Unda, Turkiyaning har burchagi sayyohlarga yangi kashfiyot va sarguzashtlar taqdim etgani ifoda etildi.

Star gazetasi: Turk dunyosi tarixiy qaror qabul qildi. Turkiy Davlatlar Tashkiloti tomonidan tuzilgan umumiy turk alifbosi komissiyasi, 34 harfdan iborat bo‘lgan umumiy turk alifbosi taklifi ustidan kelishib oldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar