Matbuot sharhlari 11.09.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2186026
Matbuot sharhlari 11.09.2024

Sabah: Erdoʻgʻan Turkiya muvaffaqiyatga tez erishayotgan yagona davlat ekanini ta’kidladi. Prezident - Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi Rejep Tayyip Erdoʻgʻan kecha partiya qarorgohida uyushtirilgan keng koʻlamli viloyat rahbarlari yigʻilishida nutq soʻzladi. Unda, jiddiy inqirozlar qayd etilgan hududda joylashgan Turkiyaning birlik va hamjihatlikni himoya qilgan, iqtisodiyotda, turizmda, mudofaa sanoatida, tashqi siyosatda, savdo va xavfsizlik sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan yagona davlat ekanini ta’kidladi.

Hürriyet gazetasi: Hakan Fidan Turkiyaning Isroilga boʻlgan munosabati haqida gapirdi. Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Arab ligasi Tashqi Ishlar vazirlari kengashining ochilish majlisida nutq soʻzladi va unda: “Turkiya, Isroilga nisbatan savdo sohasida cheklov yoʻlga qoʻydi. Isroil otashkesimni yoʻlga qoʻyib, Gʻzoga yuborilgan insonparvarlik yordamlariga monelik qilishdan voz kechkunga qadar bu cheklov davom etadi va Turkiya Isroil bilan savdo - sotiq qilmaydi”, - dedi.

Star gazetasi: Turkiya Arab davlatlari ligasi tarkibidagi davlatlarga neft – tabiiy gaz borasida nozik takliflar bilan chiqdi. Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Arab davlatlari bilan Taraqqiyot yoʻli loyihasi, tabiiy gaz, neft va muhim minerallar boʻyicha hamkorlik va aniq loyihalar ishlab chiqishni maqsad qilganliklarini bildirdi.

Vatan gazetasi: Ishsizlik nisbati 8,8. foizni tashkil etdi. Turkiyada iyul oyida ishsizlar soni oʻtgan oyga nisbatan 112 ming kishiga kamayib, 3 million 167 ming kishiga yetdi. Ishsizlik nisbati esa 0,4 balga kamayib, 8,8 foizni tashkil etdi.

Haber Türk gazetasi: Fitch agentligining Turkiya haqidagi hisoboti. «Fitch» xalqaro reyting agentligi direktori va Turkiya tahlilchisi Erich Arispe Morales, Turkiyada, qattiq pul siyosati pozitsiyasini saqlanib qolishiga ishonchi komil ekanini bildirdi.



Aloqador xabarlar