Matbuot sharhlari 09.09.2024
Turkiya gazetalaridan sharhlar...
Hurriyet gazetasi: “Tashqi ishlar vazirligidan “Ayshenur Ezgi Eygi” haqida bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi O'nju Kecheli G'arbiy Sohilda Isroil askarlari tomonidan o'ldirilgan Ayshenur Ezgi Eygining jasadini oilasiga topshirish va dafn etish uchun kerakli jarayonning davom etayotganini ma'lum qildi.
Yeni shafak gazetasi: “Jevdet Yilmaz: Bu yil oxirida 264 milliard dollarlik eksport kutilmoqda” sarlavhasibilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz, "Eksport bo’yicha asosiy yo’nalishimiz Yevropada jiddiy turg'unlik kuzatilayotgan bo'lsa-da, eksportchilarimiz katta g’ayrat ko’rsatmoqda. Eksportimiz o'sishda davom etmoqda. Joriy yil oxirida 264 milliard dollarlik eksport kutamiz" dedi.
Star gazetasi: “Qora dengizdagi muvaffaqiyatimizni misol qilib keltirdilar” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Germaniya matbuoti Turkiya Qora dengizda mintaqaviy tartibni shakllantirishda muvaffaqiyatga erishganini, Sharqiy O'rta yer dengizida Turkiyaga qarshi tuzilgan rejalarni buzadigan kuchga ega ekanligini yozdi. G’arb tomonidan bosim ostida qolayotgan Turkiyaning tashvish va manfaatlariga e’tibor berilsa, murakkab geosiyosiy sharoitlarda ham mintaqaviy hamkorlik mumkin bo’ladi, deb yozdi.
Xabar turk gazetasi: “Bayraktar: Akkuyu elektr ehtiyojimizning 10 foizini qondiradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar Turkiyaning ilk atom elektr stansiyasi bo'lgan va birinchi reaktori kelasi yili ishga tushiriladigan Akkuyu Atom stansiyasi Turkiyaning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojining 10 foizini qondirishini ma'lum qildi.
Sabah gazetasi: “Joriy yilning 8 oyida sotilgan har 3 ta elektromobildan 1 tasi Togg bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Togg elektromobili joriy yilning 8 oylik davrida 14 ming 849ta sotish va 31,57 foiz bozor ulushi bilan Turkiya elektromobil bozorida birinchi o'rinni egalladi.