Matbuot sharhlari 03.09.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2182748
Matbuot sharhlari 03.09.2024

Hürriyet gazetasi:  Prezident Erdo‘g‘an yangi konstitutsiya haqida gapirdi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 2024 - 2025 sud xizmati berish yilining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida, Turkiya yangi fuqarolik konstitutsiyasiga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu borada: «Turkiyaning to‘ntarishning mahsuli bo‘lgan amaldagi konstitutsiyadan qutulish vaqti kelganiga ishonchimiz komil», - dedi.

Habertürk gazetasi: Avgust oyida eksport borasida rekord qayd etildi. Avgust oyida yo‘lga qo‘yilgan eksportda o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 2,4 foizlik ortish kuzatildi. Bu orqali qo‘lga kiritilgan daromad 22,1 milliard dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich, bugungi kunga qadar avgust oyida yo‘lga qo‘yilgan eng yuqori eksport va daromad bo‘lishi jihatidan rekord sifatida qabul qilindi.  

Star gazetasi: Turkiya iqtisodiyoti ketma – ket 16 chorakdan beri o‘sish qayd etmoqda. Turkiya iqtisodiyotida yilning ikkinchi choragida 2,5 foizlik o‘sish kuzatildi. Bu orqali Turkiya iqtisodiyoti Covid - 19 pandemiyasiga qarshi chora ko‘rilgan 2020 – yilning ikkinchi choragidan keyin ketma – ket shu bilan o‘n oltinchi marotaba o‘sish qayd etdi.

Yenişafak gazetasi: Sisi 12 yil ortidan Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda. Turkiya bilan Misr o‘rtasida boshlangan normallashuv jarayoni doirasida 12 yil ortidan Prezident Erdo‘g‘an Qohiraga tashrif uyushtirgan edi. Ushbu tashrif ortidan Misr Prezidenti Sisining ham ertaga, 4 - sentabr kuni Turkiyaga kelishi kutilmoqda.

Sabah gazetasi: Flake Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Anqaradagi elchisi Jeffry Flake, 3 yillik vakolat muddati tugaganini ma’lum qildi va bu borada: «Global oziq - ovqat xavfsizligini ta’minlagan Qora dengiz don tashabbusidagi roli uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildiraman. Turkiyada xizmat qilish sharafiga muyassar bo‘ldim. Shunday ekan, qayerda bo‘lishimdan qat’iy nazar Turkiyani qalbimdagi minnatdorchilik va xotiralar bilan yodga olaman», - dedi.

 



Aloqador xabarlar