Matbuot sharhlari 15.08.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2176011
Matbuot sharhlari 15.08.2024

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an: BMTXKning tuzilishi tubdan o‘zgartirilishi kerak. Prezident Erdo‘g‘an, BMTning Xavfsizlik kengashida Afrikaga ham e’tibor qaratilgan islohotga ehtiyoj borligini ifoda etgan BMT Bosh kotibi Guterrishga javob berdi. Erdo‘g‘an unda: “Dunyo tinchligi va xavfsizligini ta’minlashdan uzoq bo‘lgan BMTXK tuzilishini tubdan o‘zgartirish kerak”, - dedi.   

Habertürk gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi. Prezident Erdo‘g‘an, Turkiya Buyuk Millat Majlisi Bosh assambleyasida nutq so‘zlash uchun Turkiyaga tashrif uyushtirgan Falastin Prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi. Uchrashuv matbuotga yopiq tarzda o‘tdi.

Yenişafak gazetasi: Janubiy Afrika Isroil sudi masalasiga Turkiyaning ham aralashganidan xursand. Xalqaro Adolat sudi Isroilni G‘azoda falastinliklarga qarshi genotsid uyushtirganlikda ayblab da’vo ochdi. Janubiy Afrika Xalqaro aloqalar va hamkorlik vaziri Ronald Lamola, Turkiyaning, nomi tilga olingan da’voni qo‘llab – quvvatlaganidan xursand ekanliklarini bildirdi.

Sabah gazetasi: AQSh mahbuslar almashinuvi borasida Turkiyaga maqtov yog‘dirdi. AQShning Anqaradagi elchisi Jeff Flake, Milliy Razvedka tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan mahbuslar almashinuvi haqida: “Dunyoning boshqa biron bir davlati buni Turkiyadek bajara olishiga ishonmayman. Judayam professional va zo‘r ish bo‘ldi”, - dedi.

Star gazetasi: “Baykar tomonidan ishlab chiqarilgan yana bir insonsiz havo vositasi sinovdan otdi. Baykar tomonidan ishlab chiqilgan, razvedka va kashfiyot ishlarida muhim rol o‘ynaydigan “Bayraktar Qalqon tikka uchib, tikka qo‘nuvchi insonsiz havo vositasi” (Bayraktar Dikey İniş Kalkışlı İnsansız Hava Aracı), tizim identifikatsiya sinovidan muvaffaqiyatli ravishda o‘tdi.



Aloqador xabarlar