Matbuot sharhlari 14.08.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2175403
Matbuot sharhlari 14.08.2024

Hürriyet gazetasi: Turkiya al – Aqso jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan bosqinga munosabat bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi, ular orasida vazirlar ham bor yuzlab radikal isroillik tomonidan al – Aqso jome’ masjidiga qarshi politsiya himoyasi ostida uyushtirilgan bosqinni “igʻvogarchilik” deb baholadi. Mavzu haqida: “Quddusning tarixiy maqomini nazar pisand qilmaslik va mintaqamizdagi keskinlikni yana – da kuchaytirish, igʻvogarchilikdir”, - degan ifodalarga oʻrin berildi.

Haber Türk gazetasi: Hakan Fidan muhim uchrashuvlar oʻtkazdi. Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Qatar va Misr Tashqi Ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Unda, isroillik vazirlarning Falastin tuproqlarini bosib olgan fanatik yahudiylar bilan al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uyushtirgan bosqini va G‘azodagi oxirgi vaziyatlar muhokama qilindi.

Star gazetasi: Turkiyaning po‘lat gumbazi jahon matbuotida. Chet ellik ommaviy axborot vositalari, Turkiya tomonidan Isroilning Temir gumbaziga raqib bo‘la oladigan qatlamli havo mudofaa tizimini ishlab chiqishni ko‘zlagan yirik loyiha boshlatgani haqidagi xabarlarga keng o‘rin berdi. Unda, “Turkiya, Isroilning temir gumbaziga po‘lat gumbaz havo mudofaa tizimi orqali javob beradi”, - degan so‘zlar bilan izoh qoldirildi.

Sabah gazetasi: Turkiyaga kiritilgan sarmoyalar miqdori ortadi. Vitse - prezident Jevdet Yilmaz, xalqaro kompaniyalar Turkiyaga sarmoya kiritish haqidagi qarorini e’lon qilish davriga kirilganini ta’kidlab: “Dunyoning yetakchi sarmoya kompaniyalarining yuqori darajali rahbarlarini, hurmatli prezidentimiz raisligida 28 - sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Sarmoya bo‘yicha maslahat kengashi yig‘ilishimizga taklif qildik”. – dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Yilning ilk yarmida Turkiyaga 4,7 milliard dollarlik to‘g‘ridan - to‘g‘ri sarmoya kiritildi. Turkiyaga joriy yilning birinchi 6 oyida xalqaro tusda to‘g‘ridan - to‘g‘ri 4.7 milliard dollarlik sarmoya kirdi. Mazkur 6 oy ichida Turkiyaga eng ko‘p sarmoya Niderlandiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Irlandiya, Norvegiya va Buyuk Britaniya tomonidan kiritildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #al – Aqso jome’ masjidi

Aloqador xabarlar