Matbuot sharhlari 12.08.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2174367
Matbuot sharhlari 12.08.2024

                             

Vatan gazetasi: “Bayden Turkiya razvedkasi tomonidan boshqarilgan operatsiyani jonli ravishda kuzatib bordi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya razvedkasi vositachiligida 1 avgust kuni amalga oshirilgan operatsiya haqida tafsilotlar ma'lum bo'ldi. AQSh va Rossiya operatsiyaning Turkiyada o'tkazilishi tarafdoriedi. Bu tanlovda har ikki davlatning Turkiyaga bo‘lgan ishonchi muhim omil bo‘ldi. Turkiya AQSh va Rossiyaga “siz bayonot bermaguningizcha hech qanday bayonot bermaymiz” deb kafolat berdi. AQSh prezidenti Jo Baydenning shaxsan o’zi tarixiy almashinuv operatsiyasini jonli ravishda kuzatib bordi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Shimoliy Iroqda beshta yangi baza quriladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Qurolli Kuchlari “Panja-Qulf” operatsiyasi bilan terrordan tozalagan Iroq shimolidagi yangi hududlarda xavfsiz hududlar yaratish uchun beshta yangi baza quradi. Turkiya Qurolli kuchlari bazalar joylashgan hududlarda tekshirish faoliyatini yakunladi.

 

Star gazetasi: “Turkiya parlamentida Mahmud Abbos tashrifiga tayyorgarlik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 15 avgust kuni Falastin davlat rahbari Mahmud Abbosning Turkiya parlamenti Bosh Assambleyasida nutq so’zlashi uchun navbatdan tashqari yig’ilish o’tkazilishi munosabati bilan parlamentdagi xavfsizlik choralari kuchaytiriladi. Mazkur yig’ilishda Prezident Erdo’g’an ham ishtirok etadi. Yig’ilishga Isroilning G’azodagi hujumlarida yaralangan va Turkiyada davolanayotganlar ham taklif qilinadi.

 

Sabah gazetasi: “Biz poyabzal ishlab chiqarish bo'yicha 6-o'rindamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning poyabzal eksporti joriy yilning 6 oyida 588,7 million dollarni tashkil etdi. Dunyoning 6-yirik ishlab chiqaruvchisi bo'lgan Turk poyabzal sanoati 2030 yilda 6,8 milliard dollarlik savdo hajmiga erishishni maqsad qilgan.

 

Xabar turk gazetasi: “Fransiyalik oshpaz Lefebrdan turk oshxonasiga maqtov” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Fransuz oshxonasining yetakchi oshpazlaridan biri Julien Lefebvre, turk oshxonasi o'ziga xos ta'mlari bilan muhim gastronomik qadriyat ekanligini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar