Matbuot sharhlari 10.07.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2161546
Matbuot sharhlari 10.07.2024

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an: NATOning ilk 5 davlatidan birimiz. Prezident Erdo‘g‘an, NATO sammitida ishtirok etish uchun AQShga safar qilishi oldidan bergan bayonotida, “Turkiya NATOning missiyalari bilan faoliyatlariga eng ko‘p hissa qo‘shayotgan 5 ta ittifoqdosh davlatdan biridir. Yukni bo‘lishishda o‘z burchimizni bajaryapmiz. Quruqlikda, dengizda va havoda yaratgan imkon va qobiliyatlar orqali NATO tarkibidagi eng muhim davlatlar ro‘yhatining boshidamiz”, - dedi.

Vatan gazetasi:  Erdo‘g‘an: G‘azoda falastin xalqini nishonga olgan qatlimolarni kun tartibiga olib chiqamiz. Prezident Erdo‘g‘an, “Mushtarak qadriyatlarimiz samimiylik sinovidan o‘tmoqda. Shu bois ham NATO sammitida, G‘azoda Falastin xalqini nishonga olgan qatliomlarni kun tartibiga olib chiqamiz”, - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: «Türksat 6A» borasida hammasi joyida. Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, Turkiyaning ilk milliy aloqa sun’iy yo‘ldoshi «Türksat 6A» ning uloqtirilishi ortidan hammasi joyida ekanini ifoda etdi.  

Star gazetasi: Turk olimlar Qrim - Kongo gemorragik isitma kasalligi (QKGI) vaksinasida katta muvaffaqiyatga erishdi. Turkiyaning Kayseri viloyatida joylashgan Erjiyes universiteti Vaksina ishlab chiqarish markazi, Qrim - Kongo gemorragik isitma kasalligiga (QKGI) qarshi vaksına ishlab chiqarish loyihasi ustidan ish olib bormoqda. Shu loyiha doirasida birinchi fazdan o‘tib ikkinchi faz faoliyati boshlatildi. Bu bosqich tamomlangach, vaksina ko‘ngillilar ustida sinab ko‘riladi.  

Sabah gazetasi: Xitoy kompaniyasi Turkiyani tanladi. Xitoyning BYD Auto kompaniyasi, Turkiyaga sarmoya kiritmoqchi. Kompaniya buning uchun 1 milliard dollarlik sarmoya bilan 150 mingta transport ishlab chiqarish kuchiga ega zavod qurmoqchi. Roppa – rosa 5 ming kishini esa ish bilan ta’minlaydi. BYD Auto kompaniyasining sarmoya kiritish uchun Turkiyani tanlashi, xorijiy matbuotda keng yoritildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar