Matbuot sharhlari 10.06.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2150936
Matbuot sharhlari 10.06.2024

                                

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g'andan terrorizmga qarshi kurashda qat'iylik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 7 yil oldin terror tashkiloti PKK tomonidan Batmanda qatl etilgan o’qituvchi Aybuke Yalchinni yodga oldi. “Qizimiz Aybukening qotillariga qarshi kurashimizni nafaqat mamlakatimiz hududlarida, balki chegara ortida ham davom ettiramiz” dedi Turkiya prezidenti.

 

Xabar turk gazetasi: “Hakan Fidan g’arbni Isroil bo’yicha ogohlantirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan falastinlik mahbuslar duch kelayotgan g'ayriinsoniy sharoit va muomalaga e'tiborsiz qolib bo'lmasligini bildirdi. Islom olamiga murojaat qilgan Hakan Fidan, “Barchangizni Isroil va uning ittifoqchilariga qarshi bosim o'tkazish uchun butun imkoniyatlaringizni ishga solishga chaqiraman”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Okan Bayulgendan Falastin bo’yicha chiqish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, turk aktyor Okan Bayülgen Turkiyadagi barcha san’atkorlarni Falastin masalasiga nisbatan e’tiborni kuchaytirishga chaqirdi. “Yashasin Falastin!”, “Yo'q bo'lsin genotsid!” deyish zarurligini ifoda etgan Bayulgen, buning uchun barchani namoyishga taklif qildi.

 

Star gazetasi: “İstanbul tashrif buyuruvchilar nigohida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 2024 yilning dastlabki 4 oyida Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 10 foiz ortib, 5 million 244 ming 936 nafarga yetdi. Eng ko‘p sayyoh yuborgan davlatlar Rossiya, Germaniya, Eron, AQSh, Fransiya, Britaniya va Saudiya Arabistoni bo‘ldi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya uglevodorodlarni qidirishni tezlashtirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, quruqlikda va dengizda neft va tabiiy gaz ishlab chiqarishni davom ettirayotgan Turkiyada, 2024 yil mart oyi holatiga ko'ra bir vaqtning o'zida faol burg'ulash qurilmalari soni 45 tani tashkil etdi. Turkiya bu ko’rsatgich bilan, Ukrainadan keyin Yevropada eng qizg'in qidiruv ishlari olib borilayotgan ikkinchi davlat sifatida ajralib turdi.

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar