Matbuot sharhlari 04.10.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2046091
Matbuot sharhlari 04.10.2023

Sabah gazetasi: Erdoʻgʻan: “Bundan buyon yana - da konkret qadamlar tashlaymiz”.dedi. Prezident Erdoʻgʻan Anqarada qayd etilgan bombali hujum tashabbusiga e’tibor qaratib, terrorizmga qarshi kurash masalasiga toʻxtaldi va mavzu haqida: “Agar bu qotillar ta’sirsiz holga keltirilmay, chet elga qochishga muvaffaq boʻlsalar edi, unda ular kimlardir tomonidan siyosiy qochqin sifatida himoya qilinib, bosh ustida tutilar edi. Biz dardimizga hamdard boʻlgan doʻstalarimizdan buni qoralashdan tashqari yana – da konkret qadamlar tashlashlarini kutib qolamiz. Aks holda, berilgan bayonotlar dardimizga darmon boʻla olmasligini bilishlarini istaymiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Haber Türk gazetasi: Guler: Chegaramizda qurilmoqchi boʻlgan terror yoʻlagi parchalandi. Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler, “Terror tashkiloti mamlakatda butunlay yoʻqolish arafasida ekan, chegaradan Turkiyaga qarshi uyushtirilgan hujumlar ham bartaraf etildi. Chegaralarimizda qurilmoqchi boʻlgan terror yoʻlagi parchalandi”. – dedi.

Star gazetasi: Strategik mavqega ega boʻlgan ulkan loyiha rasman boshladi. Iroq Bosh vaziri Muhammed Shiya as - Sudoniy, Fors koʻrfazidan Turkiyagacha davom etuvchi “Taraqqiyot yoʻli” loyihasi boshlaganini bildirdi.

Yeni Şafak gazetasi: “Qorabogʻda minalar OZAN detektori orqali tozalanmoqda. Turkiya mudofaa sanoatida ishlab chiqilgan OZAN mina detektorlari, Ozarbayjon tomonidan Qorabogʻda ozod qilingan tuproqlarni minalardan tozalash ishlarida samarali foydalanilmoqda.  

Hürriyet gazetasi: Adele turk dizaynerlarni tanladi. Dunyoga mashhur britaniyalik qoʻshiqchi Adele, Las - Vegasdagi konsertida turkiyalik modelyer Rufat Ismail tomonidan tayyorlangan qora libosda sahnaga chiqdi.

 



Aloqador xabarlar