Turk matbuot sharhlari 28.09.2023

"Qorabog' va bosib olingan Ozarbayjon yerlarining epik ozodlik kurashining boshlanishi bo'lgan Xotira kunida barcha shahidlarimizni rahm-shafqat bilan, faxriylarimizni hurmat bilan yodga olaman.

2043288
Turk matbuot sharhlari 28.09.2023

 

 

Yenishafak "Prezident Erdo'g'an: Karabag – Ozarbayjonning"

Prezident Erdog'an, Ozarbayjonning "Xotira kuni"da barcha shahidlarni yodga oldi. Erdog'an,

"Qorabog' va bosib olingan Ozarbayjon yerlarining epik ozodlik kurashining boshlanishi bo'lgan Xotira kunida barcha shahidlarimizni rahm-shafqat bilan, faxriylarimizni hurmat bilan yodga olaman. Qorabog' Ozarbayjondir" dedi.Sabah "88 yil cho'qqisi"

Turkiya nefti aktsiyadorlik jamiyati bosh direktori Melih Han Bilgin, Sakarya gaz koni quvvati bosqichma-bosqich oshirilishini ma'lum qildi va shunday dedi:

"Hozirgi kunga kelib Turkiya Sakarya gaz maydonidan kuniga taxminan 4 million kub metr gaz ishlab chiqarmoqda. Biz ishlab chiqargan gaz bilan birga gaz ishlab chiqarish Turkiyaning 88 yillik tarixida erisha olmagan nuqtadir". dedi.

Habertuyrk "Ruslana: Turk xalqining yordami muhim"

Ukrainalik qo'shiqchi va qo'shiq muallifi, 2004 yilgi Eurovision tanlovi chempioni Ruslana,

Mamlakati va xalqining turk xalqining qo’llab-quvvatlaganidan minnatdor ekanini ta’kidlab, “Sizlar bergan insonparvarlik yordamlari Ukrainadagi odamlarning hayotini saqlab qolmoqda” dedi.

Star “Janubiy koreyalik san’atkor: Turkiya nega qardosh davlat deyishini his qildim”

Janubiy Koreyalik jazz san’atkori Gee Xye Li turklar va janubiy koreyaliklarning oilaga berilgan qadri, ovqatlanish madaniyati, mehribon va e’tiborli bo‘lish kabi xususiyatlar bilan bir-biriga o‘xshash ekanligini aytdi.

Turkiyani qardosh davlat deb ataganini shuning uchun ham his qilganini aytdi.

Hurriyet “Antaliya 8 oyda 10 million 835 ming sayyohni qabul qildi”

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra; Antaliya yilning 8 oyida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 19,45 foiz ortib jami 10 million 835 ming 204 nafar ziyoratchiga mezbonlik qildi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot , #Turk , #Gazeta

Aloqador xabarlar