Matbuot sharhlari 26.09.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2042172
Matbuot sharhlari 26.09.2023

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo'g'an: Operatsiyaning muvaffaqiyatidan faxrlanamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an, Ozarbayjonning qonuniy va asosli xavotirlari uchun armanlardan kerakli javobni topa olmaganini bildirdi. “Ozarbayjon o’z suveren hududida aksilterror operatsiyasini o’tkazishga majbur bo’ldi. Operatsiyaning muvaffaqiyatli yakunlangani bizni faxrlantiradi” deydi Erdo’g’an.

 

Sabah gazetasi: “Naxchivanda tarixiy loyihalarning poydevori qo‘yildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Qorabog’da Turkiya Prezidenti Erdo’g'an va Ozarbayjon Prezidenti İlhom Aliyev tomonidan Igdir-Naxchivan tabiiy gaz quvurining poydevori qo'yildi. “Loyiha asosida Ozarbayjon bilan energiya sohasida hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi va Yevropaning energiya ta’minoti xavfsizligiga ham hissa qo’shadi” dedi Erdo’g’an.

 

Star gazetasi: “Makronga qiyin savol” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ozarbayjon tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayhan Hojizoda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Armanistonni qo'llab-quvvatlash va Ozarbayjonni ayblash maqsadida bergan bayonotiga munosabat bildirdi.

“30 yildan beri poymol qilingan, o'z yurtlaridan haydalgan va ommaviy qirg'inlarga uchragan ozarbayjonlarning huquqlari haqida hech qanday izoh bermagan Fransiya endilikda armanlarning huquqlarini himoya qilishi mamlakatning yaxshi niyatda emasligini ko'rsatadi”,-deydi Ayhan Hojizoda.

 

Vatan gazetasi: “Yevropa Ittifoqida 'Turkiya bilan kelishuvga erishaylik' chaqirig'i” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, noqonuniy muhojirlar oqimining ortishi Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Ko'pgina Yevropa davlatlaridagi boshpana markazlarida joy qolmagan bo'lsa-da, Yevropa poytaxtlari mas'uliyatni bo'lishish uchun umumiy yechim topishda qiynalmoqda. Gretsiya Migratsiya va boshpana vaziri Dimitris Keridis Yevropa Ittifoqini Turkiya bilan kelishuvga erishishga chaqirdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Investorlar turk lirasiga o'tdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk lirasi depozitlarining ulushini oshirishga qaratilgan qoidalardan so'ng investorlar yana turk lirasiga o'tdi. Ko'rsatkichlar mahalliy va xorijiy investorlarning portfellarida turk lirasi ulushini oshira boshlaganiga ishora qildi. Markaziy bank raisi Hafize Gaye Erkan, "Turk lirasi aktivlariga bo'lgan talabni oshirishga qat'iy qaror qildik" dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta

Aloqador xabarlar