Matbuot sharhlari 22.09.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2040717
Matbuot sharhlari 22.09.2023

 

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an: Har bir minbarda o’z haqimizni himoya qildik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQShga tashrifi yakunida Nyu-Yorkdagi Turk uyida jurnalistlarga intervyu berdi.

Erdo’g’an o’z intervyusida BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida dunyoni isloh qilish chaqirig'ining natijalari haqida gapirdi. “Biz borgan barcha minbarlarda haqiqatni aytdik va huquqni himoya qildik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida aytgan har bir so’zimiz xalqimizdan olgan kuchga asoslangan”,-dedi Erdo’g’an.

 

Star gazetasi: “Oxirgi haftada 42 terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Milliy Mudofaa Vazirligining Matbuot va Jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha maslahatchisi admiral Zeki Akturk, kecha vazirlikda bo'lib o'tgan brifingda "So'nggi haftada Iroq va Suriya shimolini o'z ichiga olgan 42 terrorist yo’q qilindi. Shunday qilib, yo’q qilingan terroristlar soni 1-yanvardan e’tiboran,  1271 nafarga, 2015-yilning 24-iyulidan shu kungacha 38 ming 614 nafarga yetdi”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Biz Yevropada birinchi va dunyoda to'rtinchi o'rindamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Qishloq va o'rmon xo'jaligi vaziri Ibrahim Yumakli Turkiya o'rmonchilik ishlarida Yevropada birinchi, dunyoda esa to'rtinchi o'rinda ekanligini bildirdi.

 

Hurriyat gazetasi: “THY yana "World Class" mukofotini oldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Havo Yo'llari aviatsiya sanoatining yetakchi tashkilotlaridan biri bo'lgan APEX (Havo Yo'llari Yo'lovchi Tajriba Assotsiatsiyasi) tomonidan uchinchi marta "World Class" mukofotiga loyiq deb topildi.

 

Vatan gazetasi: “Yevropalik sayyohlar Antaliyada mavsumni uzaytirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Antaliyada sayyohlik mavsumi ayniqsa, G'arbiy Yevropa davlatlaridan buyurtmalar bilan birga noyabr oyi o'rtalarigacha cho'zildi. Sentyabr oyining birinchi haftasi ma'lumotlariga ko'ra, 11 million 350 ming sayyoh sonidan oshgan va oy oxirida 12 millionni ko’zlagan soha vakillari, oktyabr oyi uchun buyurtmalardan ham mamnun ekanini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta

Aloqador xabarlar