Matbuot sharhlari 20.09.2023
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Vatan gazetasi: Erdo‘g‘an: BMT Xavfsizlik kengashi 5 davlatning siyosiy strategiyasi kurashgan maydonga aylandi. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu - York shahrida, BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida, “Dunyo beshdan kattadir” degan so‘zlar bilan BMTni takror reformga chaqirdi. Erdo‘g‘an, “Xavfsizlik kengashi bugungi kunga kelib dunyo xavfsizligining kafolati emas, 5 davlatning siyosiy strategiyalari kurashgan maydonga aylandi”. – dedi.
Star gazetasi: Turkiya Qorabog‘dagi harbiy amaliyot haqida bayonot berdi. Turkiya, qardosh o‘lka Ozarbayjonning Qorabog‘da boshlatgan anti - terror amaliyoti haqida bayonot berdi. Tashqi Ishlar vazirligi mavzu haqida: “Ozarbayjon oʻzining mustaqil hududida zarur choralarni koʻrishi kerak edi”, - deyildi.
Sabah gazetasi: Nyu – York ko‘chalarida «Turkiya asri» loyihasi tanishtirildi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi koordinatsiyasida olib borilgan Respublikaning 100 – yilligi tadbirlari doirasida “Turkiya asri” (Türkiye Yüzyılı), Amerika Qoʻshma Shtatlarining Nyu - York shahrida tanishtirildi.
Hürriyet gazetasi: OECD bu yilgi Turk iqtisodiy oʻsish sur’atlari prognozini koʻtardi. Iqtisodiy Hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Turk iqtisodiy oʻsish sur’atlari prognozini 3,6 foizdan 4,3 foizga koʻtardi.
Haber Türk gazetasi: Turkiyadan 85 million 386 ming dollarlik bulgur eksport qilindi. Turkiyadan joriy yilning yanvar oyidan avgust oyigacha, 85 million 386 ming dollarlik bulgur eksporti amalga oshirildi. Mazkur eksportda Iroq birinchi, Rossiya ikkinchi, Suriya uchinchi oʻrinni egalladi.
Aloqador xabarlar

Matbuot sharhlari 28. 11. 2023
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.