Matbuot sharhlari 19.09.2023
Turkiya gazetalaridan sharhlar...

Hurriyat gazetasi: “Carnegie Europe Erdog'anning 'jasur' qadamlari haqida yozdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Belgiyadagi bir notijorat tashkiloti Carnegie Europe, oxirgi paytlarda dunyo siyosatida o'ynagan roli bilan dunyo diqqat e'tiborini o’ziga jalb qilgan Turkiya haqida maqola chop etdi. Nashr Prezident Erdo’g'an tomonidan tashlangan qadamlarni "jasur" deb atadi va Turkiya tashqi siyosatini "Turkiya mustahkam va mustaqil tashqi siyosat yuritish istagini e’lon qildi" deb baholadi.
Star gazetasi: “Nol chiqindi” harakati global miqyosda kengaymoqda: Birinchi imzo Prezident Erdo’g’andan” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, dunyoning barcha davlatlari uchun namuna bo‘lgan “Nol chiqindi” harakati globallashuv sari ilk qadamini tashladi. Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida turmush o’rtog’i Emine Erdog’an boshchiligida “Global nol chiqindi yaxshi niyat deklaratsiyasi”ni imzoladi.
Xabar turk gazetasi: “Turkiya uchun 2 milliard dollarlik sarmoya rejasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, “Alibaba” kompaniyasi rahbari Michael Evans, kelgusi davrda Turkiyaga 2 milliard dollar sarmoya kiritish rejasi borligini bildirdi.
Sabah gazetasi: “Sharqiy Qora dengiz mintaqasining asal eksporti 2,1 million dollarga yetdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Sharqiy Qora dengiz mintaqasidan yanvar-avgust oylari orasida asal eksporti 90 foiz ortib, 2 million 101 ming dollarga yetdi.
Vatan gazetasi: “Gordion qadimiy shahri ro‘yxatga kiritildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ijtimoiy tarmoq orqali, "Yaxshi xushxabarimiz bor! YuNESKOning Jahon merosi ro'yxatiga 20-ob’yektimizni kiritdik. Anqaraning noyob madaniy boyliklaridan biri bo'lgan Gordion qadimiy shahri “Jahon merosi”ga aylandi”,- dedi.