Matbuot sharhlari 09.06.2023

Sabah gazetasi: Yangi davrning birinchi MXKda terrorga qarshi kurashga urg’u Prezident Rejep Tayyip Erdog'an raisligida kecha poytaxt Anqarada o'tkazilgan Milliy Xavfsizlik Kengashi bo'lib o'tdi.

1997343
Matbuot sharhlari 09.06.2023

 

Sabah gazetasi: Yangi davrning birinchi MXKda terrorga qarshi kurashga urg’u

Prezident Rejep Tayyip Erdog'an raisligida kecha poytaxt Anqarada o'tkazilgan Milliy Xavfsizlik Kengashi (MXK) yig'ilishi ortidan e'lon qilingan bayonotda, terrorga qarshi kurashga e'tibor qaratildi.Bayonotda, “Turk asrining boshi bo‘lgan yangi davrda mamlakatimiz xavfsizligi, tinchligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan qadamlar ham xuddi shunday qat’iyat bilan tashlanishi kerakligi ta’kidlandi”.

Vatan: Germaniya RND dan Hakan Fidanning hayratlanarli tahlili

Germaniyaning Redaktions Netzwerk Deutschland (RND) nashri yangi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan uchun tahliliy maqola yozdi.13 yil MIT rahbari bo'lganidan so'ng, Fidan kabi ko'plab sirlarni deyarli hech kim bilmaydi. Bu uni Turkiyaning eng qudratli kishilaridan biriga aylantiradi”, dedi u.

Star: Turkiya eksporti ortdi

Turkiya eksportchilar assambleyasi maʼlumotlariga koʻra, Turkiya eksporti,

  Joriy yilning 5 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,2 foizga oshib, 102 milliard 520 million dollarga yetdi.

Yeni Shafak gazetasi: HÜRJET juda maxsus parvoz sinovini o'tkazdi

Turkiyaning o’quv va yengil hujum samolyoti HURJET kecha maxsus parvoz sinovini o’tkazdi.

HURJET birinchi marta yangi qizil va oq ranglari bilan havoda namoyish etildi. HURJETning bu muhim parvoziga modernizatsiya qilingan F-16 hamrohlik qildi.

Haber Turk: Ko'rfazdan kelgan sayyohlar soni ortdi

Turkiya mehmonxonachilar uyushmasi, Yaqin Sharq va Fors ko'rfazi mintaqasidan kelgan sayyohlarning Turkiyaga qiziqishi davom etayotganini bildirdi.

  Mintaqadan Turkiyaga kelgan sayyohlar soni 4 oyda o'tgan yilga nisbatan 13 foiz ortib 1 million 22 mingga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar