Matbuot sharhlari 01.06.2023

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, '14-may va 28-maydagi saylov natijalaridan biri, prezidentlik boshqaruv tizimining xalqdan ishonch ovozi olganligidir.' dedi.

1993771
Matbuot sharhlari 01.06.2023

 

Star : Erdog'an: Prezidentlik  boshqaruv tizimi xalqdan ishonch ovozi oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, '14-may va 28-maydagi saylov natijalaridan biri, prezidentlik boshqaruv tizimining xalqdan ishonch ovozi olganligidir.' dedi.

Sabah: Kremldan Erdog'an-Putin uchrashuvi haqida bayonot

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning so'nggi telefon muloqotida yuzma-yuz uchrashish niyatlari tasdiqlanganini aytdi.

  Uchrashuv vaqti va joyining hali aniqlanmaganligini ifoda etgan Peskov, “Bunday kelishuv bor.

  Aytishim mumkinki, biz ushbu uchrashuvga hozirlik ko'ryapmiz”, dedi u.

Hurriyet: Turkiya iqtisodiyoti birinchi chorakda kuchli o'sdi

Turkiya Statistika tashkiloti Turkiya iqtisodiyotining joriy yilning birinchi choragidagi o'sish ko'rsatkichini e'lon qildi.

Turkiya birinchi chorakda 4 foizlik o'sishni qayd etdi.

Vatan: Istanbul aeroportidan 205 milliondan ortiq yo'lovchi sayohat qildi

Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo’g'lu, 2018 yilning 29 oktyabr kuni ochilgan Istanbul aeroportiga 1 million 417 ming reys amalga oshirilganini va 205 milliondan ortiq yo'lovchi kelganini ma'lum qildi.

Haber  Turk:  Bodrumga ikki kruiz kemasi  bilan 1982 sayyoh keldi

Mug'laning Bo’drum tumaniga kecha kelgan ikkita kruiz kemasi bilan 1982 sayyoh keldi.

Sayyohlarning bir qismi dengizga bordi, yana bir qismi bozorga borib, xarid qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot sharhlari , #Turk

Aloqador xabarlar