Matbuot sharhlari 31.05.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1993407
Matbuot sharhlari 31.05.2023

Star: Erdoʻgʻan: Tinchlik va barqarorlik uchun xizmat qilamiz. Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Turkiya Palatalar va birjalar ittifoqining 79-Bosh assambleyasida soʻzlagan nutqida, “Yaqin atrofimizdagi inqirozlarni hal qilishda koʻproq tashabbus koʻrsatib, tinchlik va barqarorlik uchun xizmat qilamiz. Diplomatik aloqalarimiz orqali mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy va savdo hamkorligimizni ham mustahkamlaymiz”. - dedi.

Haber Türk gazetasi: Sharqiy Qora dengiz mintaqasidan 4 oyda 28,5 million dollarlik turk lososlari eksport qilindi. Sharqiy Qora dengiz mintaqasidan turk losos eksporti bu yilning yanvar oyidan aprel oyigacha boʻlgan davr mobaynida 227 foiz ortib 28 million 479 ming 226 dollarga yetdi.

Hürriyet gazetasi: Karaismailoʻgʻlu: Uchinchi poyezdlar toʻplami bu yilning uchinchi choragida tayyor boʻlishi rejalashtirilmoqda. Joriy yilning 27-mayi kuni boshlagan milliy poyezd haqida Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailoʻgʻlu, zavodda uchinchi poyezdlar toʻplamini sinovdan oʻtkazish ishlari davom etayotgani bildirdi va mavzu haqida: “Joriy yilning uchinchi choragida yoʻlovchi tashishga tayyor boʻlishi rejalashtirilmoqda”.-dedi.

Yeni Şafak gazetasi: THY eng kuchli havo yoʻli brendi sifatida sakkizinchi oʻringa koʻtarildi. Turk Havo yoʻllari (THY) Brand Finance konsalting kompaniyasi tomonidan 2023-yili amalga oshirilgan “Dunyodagi eng kuchli havo yoʻli brendlari” tadqiqotida 78,1 ball bilan sakkizinchi o‘rinni egalladi

Sabah gazetasi: Super ligada Galatasaroy (Galatasaray) chempion bo‘ldi. Spor Toto Superligada MKE Anqarakuchini (Ankaragücü) 4-1 hisobida mag‘lub qilgan Galatasaroy chempionligini e’lon qildi. Sariq-qizil rangli forma kiygan jamoa shu tariqa 3 yil ortidan 23-marta liga chempioniga aylandi.

 

 



Aloqador xabarlar