Matbuot sharhlari 30.05.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1992882
Matbuot sharhlari 30.05.2023

Haber Türk gazetasi: Joe Biden bilan Vladimir Putin Erdoʻgʻanni tabrikladi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Joe Biden va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanga qoʻngʻiroq qilib, uni qayta saylanishi munosabati bilan tabrikladi. Ikkala lider, Turkiya bilan boʻlgan hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya bilan doʻstlashgan yutuqqa erishadi. Butun dunyo tomonidan “2023-yilning eng muhim saylovi” deb baholangan 28-may kungi voqeada Prezident Erdoʻgʻanning gʻalabasi NATOdan Yevropa ittifoqiga, Rossiya-Ukraina urushidan Yaqin Sharq, Oʻrta yer dengizi, migratsiya va Sharq-Gʻarb munosabatlariga qadar bir necha global tenglamalarga ta’sir qiladi. Shu bois ham dunyoning ko‘plab davlat rahbari Erdo‘g‘anni zudlik bilan tabriklab, hamkorlik qilmoqchi ekanini yetkazdi.

Star gazetasi: Turkiya asri boshladi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, Prezident Erdoʻgʻan yetakchiligida “Turkiya asri” boshlaganini bildirdi. Altun oʻz soʻzida, “Qardosh, doʻst va ittifoq mamlakatlarni qudratli va buyuk Turkiyaning yonida koʻrishdan mamnunmiz”.- dedi.

Sabah gazetasi: Ish dunyosi ishonch va barqarorlik uchun ovoz berdi. Prezident Erdoʻgʻanning saylovdagi gʻalabasi ish dunyosini ham xursand qildi. Ishbilarmonlar, “Xalq ishonch va barqarorlik uchun ovoz berdi. Noaniqlik davri tugadi. Yangi davr, Turkiya asri boʻladi”.-dedi.

Vatan gazetasi: Iqtisodiy ishonch indeksi oxirgi 20 oy ichida eng yuqori darajaga yetdi. Gʻaznachilik va moliya vaziri Nureddin Nebati Twitter sahifasi orqali bergan bayonotida, “Iqtisodiy ishonch indeksi may oyida oʻtgan oyga nisbatan 1,5 ballga ortib, 103,7 ga yetdi va oxirgi 20 oyning eng yuqori darajasi”.- dedi.

 



Aloqador xabarlar