Matbuot sharhlari 25.05.2023
Haber Turk: “Erdog’an: Suriyaliklarni yuborishni boshladik” Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, o’z mamlakatidagi ichki urushdan qochib Turkiyaga boshpana topgan suriyaliklar xavfsiz tarzda uylariga jo’natila boshlaganini bildirdi.

Haber Turk: “Erdog’an: Suriyaliklarni yuborishni boshladik”
Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, o’z mamlakatidagi ichki urushdan qochib Turkiyaga boshpana topgan suriyaliklar xavfsiz tarzda uylariga jo’natila boshlaganini bildirdi. “Suriya shimolida 1 million qochqinni joylashtiradigan uylar qurilishi davom etmoqda”, dedi Erdog’an.
Hurriyet: “Turkiya va Qatar Suriyada uy qurmoqda”
Turkiya va Qatar hamkorligida Suriyaning 9 xil hududida 1 million kishi istiqomat qiladigan 240 ming uyning birinchi bosqichining poydevor qo’yish marosimi bo’lib o’tdi.
Jarablusdagi marosimda so’zga chiqqan Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu, “554 ming ko’ngilli Suriyaga qaytdi” dedi.
Sabah: “SIDA, moviy vatanning yangi kuchi”
Mudofaa sanoati raisi Ismoil Demir, qurolli uchuvchisiz dengiz vositasi (SİDA) Moviy Vatanning yangi kuchi bo'lishini aytdi.
NATO mashg'ulotlarida ham diqqat qaratgan SİDAning dengizdan dengizga va dengizdan dengiz ostiga hujum qilish holatida ekanligini ta'kidlagan Demir, "Har sohada qat'iymiz.
Bizni kuzatishda davom eting.
Yeni Shafak: “Yunon matbuoti: Turkiya buyuk kuchga aylandi”
Gretsiya gazetasi SL Press, Turkiyaning barcha sohalarda ta'sirchan va buyuk kuchga aylanganini yozdi.
Xabarda, Turkiyaning Yevroosiyo, Bolqon va Islom olami bilan muhim tijoriy aloqalarni rivojlantirgani, avtomobil sanoatida o’z so’ziga ega bo’lganligi, kema ishlab chiqarish va ta’mirlash bo’yicha dunyoning eng yaxshi 10 davlati qatoriga kirganligi ta’kidlandi.
Star: "Qora dengizda yangi xushxabar yo'lda"
Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do’nmez, 'Sharqiy Qoradengiz mintaqasida neft izlari ko'proq.
2023 yil oxirigacha O’rdu va Rize dengizlarida qidiruv burg'ulash ishlari olib boriladi. Bizning kutganimiz O’rduda tabiiy gaz, Rizeda neft.' dedi.