Matbuot sharhlari 22.05.2023

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Hatayda Defne Davlat kasalxonasining ochilish marosimida "60 kun ichida tugatamiz" deb va'da berdi.

1988957
Matbuot sharhlari 22.05.2023

 

Yenisafak "Defne kasalxonasi 57 kunda ochildi"

Prezident Rajap Tayyip Erdog'an Hatayda Defne Davlat kasalxonasining ochilish marosimida "60 kun ichida tugatamiz" deb va'da berdi. Erdog'an, 57 kun ichida qurib bitkazilgan shifoxonaning ochilish marosimida so'zlagan nutqida bugundan e'tiboran bemorlarni qabul qilish boshlanishini ma'lum qildi.

Star  "Turkiyadan Isroilga munosabat"

Turkiya Isroilning oʻta oʻng qanot milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqsa masjidiga uyushtirgan reydini qoraladi. “Bu provokatsion va fashistik harakatlar hech qanday tarzda qabul qilinishi mumkin emas dedi.

Haberturk "TPAO shahid Aybuke Yalchin-2 qudug'ida burg'ulashni boshladi"

Turk Neft Korporatsiyasi (TPAO) Shirnakda terrordan tozalangan Gabar tog'ida joylashgan Shahid Aybuke Yalchin-2 (SHAY-2) qudug'ida burg'ulash ishlari boshlanganini ma'lum qildi.

 

Hurriyet gazetasi “O‘rta yer dengizidagi tabiiy gaz quvurini Turkiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi”.

Italiya energiya kompaniyasi ENIning  bosh direktori (CEO) Klaudio Deskalzi, Turkiyani O'rta Yer dengizidagi tabiiy gaz quvuri ishlaridan chetlashtirishning aqlga sig'masligini aytdi.

Sabah "Kanndagi Nuri Bilge Jeylan shamoli"

Nuri Bilge Jeylanning TRT hamkorligidagi “Kuru Otlar Ustüne” filmi 76-Kann kinofestivalida Oltin Palma uchun kurashayotgan 21 film orasida.

  Filmning jahon premyerasi festivalda bo‘lib o‘tdi. Namoyishdan so‘ng film 11 daqiqa davomida olqishlarga sazovor bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar