Matbuot sharhlari 11.05.2023

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, kecha Batmandagi so’zlagan  nutqida Turkiyaning hamma uchun juda ham erkin, xavfsiz va tinch  sifatida ko’rsatiladigan mamlakat bo’ladi deya  ta'kidlanganini ma’lum qildi.

1985045
Matbuot sharhlari 11.05.2023

 

Hurriyet: Erdo’g'anning Batmandagi bayonoti

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, kecha Batmandagi so’zlagan  nutqida Turkiyaning hamma uchun juda ham erkin, xavfsiz va tinch  sifatida ko’rsatiladigan mamlakat bo’ladi deya  ta'kidlanganini ma’lum qildi.

Sabah : Vazir Akarning don koridori bayonoti

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, 22-iyul kuni imzolangan Qoradengiz don shartnomasi bilan Ukrainadan muhtojlarga 30 million tonna don yetkazib berilganini bildirdi.   "Biz buning to'xtab qolmasligi va barqarorlikning  davom etishi uchun muzokaralarimizni davom ettirmoqdamiz." dedi.

Haber Turk gazetasi: Moskvadagi 4  Tomonlama  yig'ilishdan keyin  bir  yo'l xaritasi qarori

Kecha Rossiyaning poytaxti Moskvada bo'lib o'tgan 'Suriya' yig'ilishida Turkiya, Rossiya, Suriya va Eron tashqi ishlar vazirlari Turkiya-Suriya munosabatlarini rivojlantirish uchun yo'l xaritasini tayyorlashga qaror qildi. Yig'ilishda Suriyaliklarning o'z vatanlariga ixtiyoriy, xavfsiz va munosib tarzda qaytishiga ko'maklashish so'ralgan.

Star:   O’zgur  F-16 uchun ortga hisoblash

 Prezidentlik mudofaa sanoati raisi Ismail Demir, F-16 samolyotlarining mahalliy elektron tizimlar bilan modernizatsiya qilinishi bilan paydo bo'lgan F-16 O'zg'urni 2023 yilda maydonda ko'rish mumkinligini aytdi.

Yeni Shafak gazetasi: Barbaros Hayreddin Pasha Qora dengizda neft qidirmoqda

Turkiya Sharqiy Qora dengiz mintaqasida neft uchun seysmik qidiruv ishlarini olib bormoqda. Barbaros Hayreddin Pasha seysmik qidiruv kemasi tomonidan olib borilgan ishlar doirasida O’rdu va Rize dengizlarida ikkita yangi burg'ulash va yangi neft kashfiyoti kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Turk matbuotidan

Aloqador xabarlar