Matbuot sharhlari 05.05.2023

Nemis tilidagi Frankfurter Allgemeine gazetasi "Frankfurt Bosh konsulligi oldida katta olomon" sarlavhali xabarni chop etdi. Xabarda, 'Prezidentlik saylovida ovoz berishni xohlagan turklarning ovoz berish irodasi kuchli' ekanligi ta'kidlanmoqda.

1982860
Matbuot sharhlari 05.05.2023

 

Hurriyet: “Dunyoning nigohi Turkiyada”

Turkiyada 14-may kuni bo'lib o'tadigan saylovlarning  kun tartibini  ko'plab televideniye va gazetalar voqealarni o'z o'quvchilari va tomoshabinlari bilan har  lahza baham ko'rishmoqda. Nemis tilidagi Frankfurter Allgemeine gazetasi "Frankfurt Bosh konsulligi oldida katta olomon" sarlavhali xabarni chop etdi. Xabarda, 'Prezidentlik saylovida ovoz berishni xohlagan turklarning ovoz berish irodasi kuchli' ekanligi ta'kidlanmoqda.

Yeni Shafak: “Ovoz berish qutisiga Yevropa to’sig’i”

Xorijdagi vakolatxonalarda Prezidentlik saylovlari va Parlament umumiy saylovlari uchun ovoz berish jarayoni davom etar ekan, Germaniya hukumati xavfsizlik nuqtai nazaridan 9 ta saylov uchastkasini ro’yxatdan o’chirdi.

Daniyada Turkiya fuqarolari ovoz beradigan joyga Islom dinini haqoratlovchi banner osilgan edi.

  Fransiyaning Marsel shahrida ovoz berish uchun borgan fuqarolarga hujum qilgan guruhlarga xavfsizlik kuchlari aralashmadi.

Star: “Turkiya don kelishuvidagi eng ishonchli vositachi”

Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto Rossiya-Ukraina urushida yagona muvaffaqiyatli vositachilik tashabbusi Don kelishuvi bo'lganiga e'tibor qaratdi.

  "Shu sababli, tinchlik muzokaralari uchun muhit yaratilgan kelgusi davrda Turkiya katta rol o'ynashi kerak deb o'ylaymiz". dedi.

Vatan: “Turkiya uchun yangi neft xushxabari”

Turk Neft Korporatsiyasi (TPAO), Judi-Gabarda topilgan neft haqida, "Turkiyadagi quruqliklarda qilingan eng katta kashfiyot" haqida bayonot berdi.

Maydondagi neft miqdorining taxminan 1 milliard barrel ekanligiga urg'u berilgan bayonotda, “Judi-Gabar mintaqasida yangi qidiruv salohiyati ham yuqori.”

Sabah: “Istanbul xalqaro moliya markazi boʻladi”

Istanbul Moliya Markazi (IFC) bosh direktori Ahmet İhsan Erdem, IFC jismoniy imkoniyatlar jihatidan juda zamonaviy bo'lgan va barcha xodimlar va investorlarning barcha ehtiyojlarini qondiradigan tuzilmada qurilganligini aytdi.

  Istanbulning global iqtisodiyotning yuragi uradigan joy ekanligini ta'kidlagan Erdem, "IFC bilan Istanbul ham o'z mintaqasida, ham dunyoda xalqaro moliya markaziga aylanadi" dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar