Matbuot sharhlar 24.04.2023
Turkiya Buyuk Millat Majlisi ochilishining 103 yilligi hamda 23 aprel Milliy suverenitet va bolalar bayrami butun mamlakat bo’ylab ko’tarinkilik bilan nishonlandi.
Yeni Shafak: “ Yurtda 23-aprel ishtiyoqi”
Turkiya Buyuk Millat Majlisi ochilishining 103 yilligi hamda 23 aprel Milliy suverenitet va bolalar bayrami butun mamlakat bo’ylab ko’tarinkilik bilan nishonlandi. Bayram munosabati bilan Turkiyaning 81 viloyatida tantanali marosimlar o‘tkazildi. Yakshanba va Ramazon bayramlariga to'g'ri kelgani uchun kecha boshlangan bayramlar hafta davomiga tarqaladi.
Haber Turk: “Dunyoning birinchi SİHA kemasi Prezident Erdog’anni salomladi”
Dunyoning birinchi qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SİHA) kemasi TCG Anadolu 23-aprel Milliy suverenitet va bolalar bayramida Istanbul bo‘g’ozidan o'tdi.
Istanbul bo‘g‘ozini kesib o‘tish chog‘ida Prezident Rajab Tayyib Erdo‘g‘anga ham salom bergan kemadan 21 ta to’p otildi.
Sabah : "Shon-sharaf va g'urur"
Prezident Erdog'an, eng katta orzulari TCG Anadolu loyihasini amalga oshirganliklari ekanini bildirdi.
Keyingi maqsadi kattaroq TCG Anadolu qurish ekanligini ta’kidlagan Erdog’an, “Bu mavzularda ispanlar va inglizlar bilan uchrashuvlar o’tkazdim. Bu muzokaralar natijasida har ikki tomondan juda ijobiy javob oldik”. Dedi
Star: “Nemis siyosatchisidan Turkiyaga maqtov”
Nemis siyosatchisi va yozuvchi Kristof Horstel Turkiyaning mustaqil siyosatlarini misol qilib keltirdi.
Horstel, Germaniyani Vashingtondan mustaqil qolishi uchun Turkiyaning siyosatini izlash kerakligini aytdi.
Yevropaga to’g’ri yo’l ko’rsatadigan davlat arbobi Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bo’ladi, dedi.
Hurriyet: “Forbes’dan ajoyib TB2 sharhi”
Dunyoning ko'plab davlatlariga eksport qilinayotgan, urush va tinchlikda ishtirok eta oladigan turk qurolli uchuvchisiz havo vositalari (SİHA) bu safar Amerika matbuotining kun tartibida.
Turkiya mudofaa sanoatining yetakchi firmalaridan biri Baykar tomonidan ishlab chiqarilgan uchuvchisiz samolyotlarga e’tibor qaratgan Forbes jurnali e’tiborga molik bir tahlil chop etdi. Jurnal, “Oradan o’tgan yillarda dunyoning o’nlab o’lkalari tomonidan talab qilingan Bayraktar TB2 droni bilan Turk dron sanoati yuksalish yo’lida” deya qayd etdi.