Matbuot sharhlari 04.04.2023

Togg ishlab chiqargan dastlabki ikki avtomobilini Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an va rafiqasi Emine Erdo’g'anga Prezidentlik majmuasida uyushtirilgan marosim bilan topshirdi.

1969289
Matbuot sharhlari 04.04.2023

 

Matbuot sharhlari 04.04.2023

Haber Turk: "Ishlab chiqarilgan birinchi Togg Erdog'anga topshirildi"

Togg ishlab chiqargan dastlabki ikki avtomobilini Prezident Rejep Tayyip Erdo’g'an va rafiqasi Emine Erdo’g'anga Prezidentlik majmuasida uyushtirilgan marosim bilan topshirdi. Erdo‘g‘an, xalqning 60 yillik orzusining amalga oshishiga guvoh bo‘lganini aytdi.

Hurriyet: “Avtomobil dunyosida togg shamoli”

177 ming buyurtma olgan Turkiyaning  avtomobili Togg’ning 80 foizi ilova orqali sotildi. Shunday qilib, Togg aqlli qurilmasi dunyoda birinchi bo'ldi. Oldindan buyurtma  talabidan  so'ng  quraga  ishtirok etgan odamlar o'ziga xos xususiyatlarga ega Toggni oladilar.

Vatan: "Selchuk Bayraktarga mazmunli sovg'a"

Turk qurolli uchuvchisiz havo vositalari ishlab chiqaruvchi Baykar boshqaruv kengashi raisi va texnologiya rahbari Selchuk Bayraktar Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Mudofaa vaziri general Zakir Hasanovni Bakuda ziyorat qildi. Selchuk Bayraktarga harbiy hamkorlik sohasidagi xizmatlari uchun Hasanov tomonidan Harbiy hamkorlik medali topshirildi.

Star: “Politico: NATO Turkiyaga muhtoj”

Amerikaning Politico gazetasi tahliliy maqolasida NATOning Turkiyaga muhtojligini yozdi. Turkiyaning harbiy qudratiga e'tibor qaratgan gazeta, bu kuchning Ittifoqning missiya va amaliyotlariga faol hissa qo'shganini ta'kidladi. Turkiyaning geosiyosiy mavqeiga diqqat qaratgan gazeta, "Qora dengizga kimlar o'tishini Turkiya nazorat qiladi" dedi.

Yeni Shafak gazetasi: “Kanadalik shifokor: Sog’liqni saqlashda Turkiyadan namuna olish kerak”

Ontario tibbiyot assotsiatsiyasining sobiq prezidenti Dr. Sohail Gandi ko'p yillar davomida dunyoda ta'kidlab kelingan Kanada sog'liqni saqlash tizimi chuqur inqirozda ekanligini aytdi. Turkiya 20 yil avval qabul qilingan qaror bilan yangi sog'liqni saqlash tizimini qurganini ifoda etgan Gandi, "Kanada sog'liqni saqlash tizimidagi inqirozni yengish uchun Turkiyadan o'rnak olishi kerak" dedi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot sharhlari , #Turk

Aloqador xabarlar