Matbuot sharhlari 31.03.2023
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an boshchiligida o’tkazilgan Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishidan so’ng e’lon qilingan bayonotda, 6 fevral kuni sodir bo’lgan zilzilalardan keyin yuzaga kelgan vaziyat baholandi.

Hurriyet gazetasi “MGK bayonotida “zilzila”ga urg’u”
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an boshchiligida o’tkazilgan Milliy xavfsizlik kengashi yig’ilishidan so’ng e’lon qilingan bayonotda, 6 fevral kuni sodir bo’lgan zilzilalardan keyin yuzaga kelgan vaziyat baholanib, mintaqadagi hayotni imkoni qadar tezroq normal holatga keltirish muhimligi ta’kidlandi.
Yenishafak " Finlyandiyaning NATOga a'zoligini tasdiqlash"Finlyandiyaning NATOga a’zolik protokolining tasdiqlanishi haqidagi qonun loyihasi Turkiya Buyuk Millat Majlisi Bosh Assambleyasida qabul qilindi.
Vatan "Qizilelmadan yana bir muvaffaqiyati"
Baykar butunlay o'z resurslari bilan va o'ziga xos tarzda ishlab chiqqan uchuvchisiz qiruvchi samolyot osmonda muvaffaqiyatli davom etmoqda. O'rta balandlik tizimini aniqlash testi ham muvaffaqiyatli yakunlandi.
Star "Turkiyaga birinchi safar boshlandi"
Isroilning El Al guruhiga qarashli Sun d'Or Airlines 16 yillik tanaffusdan so'ng Turkiyaga parvozlari qayta boshlanganini e'lon qildi.
Sabah gazetasi " Turkiyadagi yozgi ta'til paketlarining 30-40 foizi Rossiyada sotilgan"
Rossiya Turoperatorlari Uyushmasi (ATOR) Rossiya turoperatorlari erta bron qilish kampaniyasi doirasida yozgi ta'til paketlarining 30-40 foizini Turkiyada sotganligini ma'lum qildi.