Matbuot sharhlari 30.03.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1967270
Matbuot sharhlari 30.03.2023

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’andan Shvetsiyaning NATOga a’zolik jarayoni haqida bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Shvetsiyaning NATO a’zoligi bilan bog’liq holda, “Biz kutayotgan ba’zi narsalar bor, ular amalga oshmaguncha bo’lmaydi” dedi. Turkiya 28-iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan NATO sammitida a’zolik uchun ariza bergan Finlyandiya va Shvetsiyaga veto qo‘ydi. Terror tashkilotlarini ochiqdan-ochiq qo’llab-quvvatlagan ikki davlat bilan protokol imzolagan Anqara, berilgan va’dalarning bajarilishini kutmoqda.

 

Vatan gazetasi: “Vengriyaga Tanap tabiiy gazi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Trans-Anadolu tabiiy gaz quvuri va TANAP orqali Vengriyaga tabiiy gaz yetkazilishi uchun Ozarbayjon bilan birgalikda har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

 

Star gazetasi: “Germaniyada TOGGga hayratlanish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyada ishlab chiqarilgan TOGG elektromobilining T10X modeliga buyurtma berish huquqini qo'lga kiritgan 20 ming kishi va yana navbatga turgan 20 ming kishining ro'yxati e'lon qilindi. T10X modeli 2023-yilda 20 ming omadli kishiga yetkaziladi. TOGG elektromobili Germaniya matbuotida keng yoritildi. Germaniyaning FAZ gazetasi "Turkning Teslasi Togg’ga talab yuqori" deb yozdi.

 

Sabah gazetasi: “Zilzila qurbonlari uchun binolar qurilmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, asr falokatida vayron bo'lgan yoki jiddiy zarar ko'rgan uylar katta tezlikda qayta tiklanmoqda. Gaziantepning Nurdag'i tumanining 7 qishlog'ida Atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim o'zgarishi vazirligi nazoratida qurilayotgan uylarning yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Global savdoning yangi yo’nalishi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya va Iroq o'rtasida o'tgan hafta imzolangan Anqara deklaratsiyasi bilan ro'yxatga olingan “Rivojlanish yo'li” (Quruq kanal) jahon savdo guzargohida yangi muqobil bo'ladi. Yangi yoʻnalish orqali Hind okeanidan Fors koʻrfaziga dengiz orqali kelayotgan yuklar Turkiya orqali Oʻrta yer dengiziga yetkaziladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta

Aloqador xabarlar