Matbuot sharhlari 22.03.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1963318
Matbuot sharhlari 22.03.2023

 

Sabah gazetasi: “Turkiya-Iroq o’rtasida Taraqqiyot yo’li loyihasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Anqarada Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy bilan qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi. Basradan Turkiyaga cho'zilgan “Taraqqiyot yo'li loyihasi” amalga oshirilishini ta'kidlagan Erdo'g'an, "Taraqqiyot yo'li loyihasini mintaqamizning yangi Ipak yo'liga aylantiramiz, deb ishonaman" dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya Isroilga xavotirini yetkazdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Isroil Prezidenti Isxak Gerzog bilan telefon orqali muloqot qildi. G'arbiy Sohilda kuchayib borayotgan hujum va zo'ravonlik harakatlaridan chuqur xavotirda ekanini tilga olgan Erdo'g'an, Masjid-Al Aqsoning tarixiy mavqei va ma'naviyatiga qarshi provokatsiya va tahdidlarga yo'l qo'ymaslik muhimligini bildirdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Xalq ittifoqi” koalitsiyasining prezidentlikka nomzodi Erdo’g'an” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Erdo‘g‘an joriy yilning 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olish uchun Oliy saylov komissiyasiga rasman ariza topshirdi. “Xalq ittifoqi” koalitsiyasi Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) va Millatchi Harakat partiyasi (MHP) vakillari birgalikda Erdo’g’anning prezidentlikka nomzodligi uchun Oliy saylov kengashiga ariza topshirdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Ayasofiya gul suvi bilan yuvildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 11 oyning sultoni muborak Ramazon oyiga bir kun qoldi. Millionlab musulmonlar bugun kechqurun birinchi tarovihni o'qiydilar. Jo’me va masjidlar ham orziqib kutilayotgan muborak Ramazon oyiga shay. Istanbuldagi ma'naviyat markazlari, Ayasofiya va Eyup Sulton masjidlari atirgul suvi bilan yuvilib, Ramazonga tayyorlandi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya ko’zlagan maqsad 60 million turist” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy 200 davlatda Turkiya turizmi reklama qilinganligini takidlab, Turkiyaga dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar kelganini aytdi. Ersoy, “60 million turist kelishini ko’zlayabmiz. 2028-yilga kelib turizmdan 100 milliard dollar daromad olishni maqsad qildik” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta

Aloqador xabarlar