Matbuot sharhlari 21.03.2023
Turkiya gazetalaridan sharhlari...

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an: Zilzila tufayli yuzaga kelgan moddiy zarar 104 milliard dollar” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, zilzila tufayli yuzaga kelgan moddiy zarar 104 milliard dollar ekanligini aytdi. Zilzilada vayron bo'lgan barcha shaharlarni qayta tiklab, obodonlashtirishini ifoda etgan Erdo'g'an, "Maqsadimiz 1 yil ichida zilzila mintaqasi ehtiyojlarini qondira oladigan darajada mustahkam binolar qurish" dedi.
Sabah gazetasi: “Erdog’an: Bu hamjihatlikni unutmaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Bryusselda Turkiyadagi zilzila fojiasidan jabr ko'rganlarga yordam to’plash uchun uyushtirilgan tadbirda videokonferensiya orqali ishtirok etdi. “Bu qiyin kunlarda barcha do’stlarimiz; Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning institutlari, aʼzo va nomzod davlatlar bilan koʻrsatgan birdamligini hech qachon unutmaymiz!” dedi Erdo’g’an.
Star gazetasi: “Yevropa Ittifoqidan Turkiyaga 1 milliard evrolik yordam” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Yevropa Ittifoqi komissiyasi raisi Ursula von der Leyen, “Yevropa komissiyasi Turkiyani zilziladan keyin qayta qurish uchun 1 milliard yevro bilan qo’llab-quvvatlaydi” dedi. Leyen xalqaro hamjamiyatni Turkiya va Suriyadagi zilzila zonalariga yordam berishga chaqirdi.
Yeni shafak gazetasi: “Chavusho'g'li-Dendias uchrashuvi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Turkiyadagi zilzila falokati va Gretsiyadagi poyezd halokatida ikki davlat birdamlikda bir-birini qo’llab-quvvatlaganligiga urg’u berdi. Chavusho’g’li bu o’zaro munosabatlarda ham o’z aksini topishini va yaqin kelajakda yana uchrashishga kelishib olganliklarini bildirib, Dendiasni Turkiyada kutib olishdan mamnun bo’lishlarini yoki imkoni boricha qachon va qayerda uchrashishlari mumkinligini aytdi.
Hurriyat gazetasi: “Dunyo Togg haqida gapirmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiyaning elektromobili Togg Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib o'tgan CES 2023 dunyoning eng katta elektronika mahsulotlari ko'rgazmasida 4-eng yaxshi brend sifatida tanlandi. Togg 3200 ta eng yaxshi brendlar qatoriga kirdi.