Matbuot sharhlari 14.03.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1959178
Matbuot sharhlari 14.03.2023

 

Vatan gazetasi: “Saylov taqvimi e’lon qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi 81 ta viloyat hokimligiga “Saylov chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ko’rsatmani yubordi. Ko’rsatmada Prezidentlik va parlament saylovlari 2023-yil 14-may yakshanba kuni, agar Prezident saylovi ikkinchi ovoz berish uchun oʻtkazilsa, 2023-yil 28-may yakshanba kuni boʻlib oʻtishi taʼkidlandi. Shuningdek, saylovlarning tinchlik va xavfsizlik muhitida o‘tishi uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarni qayta ko‘rib chiqish katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

 

Xabar turk gazetasi: “Ibrohim Kalindan AQSh kongressmenlariga taklif” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Turkiya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida o’zaro hurmat va ishonch borligini ma’lum qilib, “Kongress a’zolari Turkiyaga tashrif buyurishsa, xursand bo’lamiz” dedi. Kalin, Turkiyaning NATO a'zoligi uchun roziligiga muhtoj Finlandiya bilan bog'liq holda kelgusi kunlarda yaxshi o'zgarishlar bo'lishi mumkinligini aytdi.

 

Star gazetasi: “BMT: Turkiya uchun saxiylik qilish vaqti keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Jeneva vakili va muvofiqlashtirish bo'limi direktori Ramesh Rajasingham, Turkiyaning insonparvarlik masalalari va muhtojlarni qo'llab-quvvatlashdagi muhim roliga urg'u berdi. “Zilzila falokatidan jabr ko’rgan Turkiyaga nisbatan saxovatli bo’lish vaqti keldi deb o’ylayman” degan BMT rasmiysi, butun dunyodan donorlarni Turkiyaga yordam chaqiruviga imkon qadar saxiylik bilan hissa qo’shishga chaqirdi.

 

Hurriyet gazetasi: “Toggni sotish jarayoni shu haftadan boshlanadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Togg elektromobili shu haftadan sotuvga chiqariladi. Togg nafaqat dunyodagi eng muvaffaqiyatli elektromobil brendlaridan biri bo'ladi, balki ko'plab texnologik tashabbuslarning tug'ilishida ham muhim rol o'ynaydi. Toggning sotuvga chiqadigan birinchi modeli C-segmentli SUV bo'ladi. Yil oxirigacha 20 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqariladi.

 

Sabah gazetasi: “Mug'laga rekord darajadagi turistik tashrif” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, bu mavsumda Mug'laga yuqori darajada turist kelishi kutilmoqda. Turizm sektori vakillari oktyabr oyi oxirigacha Dalaman aeroportiga 2 million sayyohning qo'nishini ma'lum qildi. Qayd etilishicha, eng ko‘p sayyoh Buyuk Britaniyadan kutilmoqda. Ta`kidlanishicha, birinchi parvoz 17 mart kuni amalga oshiriladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar