Matbuot sharhlari 10.03.2023

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafo Shento’p, global tinchlikni o'rnatolmagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tuzilmasini o'zgartirish kerakligini bildirdi.

1957567
Matbuot sharhlari 10.03.2023

 

Haber Turk gazetasi: “Shento’p: BMTda keng qamrovli islohot qilish shart”

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafo Shento’p, global tinchlikni o'rnatolmagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tuzilmasini o'zgartirish kerakligini bildirdi. Shento’p, "5 davlatning barcha o'lkalarni qiziqtirgan mavzularda qaror qabul qilishi endi qabul qilinmas  va barqaror emas" dedi.

Vatan: “Yevropa Ittifoqining yordami Turkiyani xursand qiladi”

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, 6-fevral kuni Kahramanmaroshda sodir bo’lgan zilziladan keyin ko’rsatilgan kuchli xalqaro birdamlik Turkiyaga madad, ruh va quvvat berganini aytdi. Chavusho’g’li, “Kelgusi davrda Yevropa Ittifoqi (YI) bilan tiklanish va qayta qurish jarayonlarida hamkorlikni davom ettiramiz” dedi.

Sabah gazetasi: “Turkiya don koridori uchun harakatga qaytdi”

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar, Turkiyaning Rossiya-Ukraina urushi sabab oziq-ovqat inqirozi xavfini bartaraf etish harakatlari bilan yaratilgan va muddati 18-martda tugaydigan don koridorining davom ettirilishiga qaratilgan sa'y-harakatlarning davom etayotganini bildirdi. Akar, Rossiya va Ukrainaning mavzuga ijobiy qaraganini bildirdi.

Yeni Shafak: “Turkiyadan Saudiya Arabistoniga rekord eksport”

Eksportda qat'iylik bilan o'z yo'lida davom etgan Turkiya, Saudiya Arabistoniga eksport qilishda ham katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Turkiyaning Saudiya Arabistoniga eksporti yanvar-fevral davrida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 32 barobar ortib, 11 million 209 ming dollardan 367 million 363 ming dollarga ko'tarildi.

Star: “Germaniyalik sayyohlar Turkiyani tanladi”

Turkiya nemislarning sayohat qilish istagida birinchi o'rinda turadi. Norbert Fibig, Germaniya sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi prezidenti shunday dedi: “Biz dekabr, yanvar va fevral oylarida kuchli buyurtmalar oldik. Turk hamkorlarimiz va do’stlarimiz uchun yaxshi tomoni Turkiyaning eng yuqorida ekanligidir”. dedi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar