Matbuot sharhlari 01.03.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1952926
Matbuot sharhlari 01.03.2023

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’an: 309 mingta uyni qurishni boshlaymiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Qahramanmaroshning Elbistan va Malatiyaning Dog’anshehir tumanlarida zilziladan jabr ko’rgan aholi bilan uchrashdi. “Mart va aprel oylarida zilzila zonasida 309 mingta uy qurilishini boshlaymiz”, dedi Erdo’g’an.

 

Star gazetasi: “Uylarni qurish jarayoni boshlandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Atrof-muhit va iqlim o'zgarishi vaziri Murat Kurum, "Har bir viloyatda bo'lgani kabi zilziladan zarar ko'rgan Hatayda birinchi navbatda Amanos tog'i etaklarida binolar quramiz. Biz eng to'g'ri turar joy hududini aniqlashga harakat qilyabmiz”,-dedi. Vazir Kurum, 2 ming 212 ta turar-joy qurilish jarayoni boshlanganini bildirdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Hech bir davlat bunday falokatga tayyor bo'lolmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Fransiyadan kelgan qidiruv-qutqaruv guruhi rahbari Erik Zipper zilzila oqibatida yuzaga kelgan vayronagarchilikni “falokat” deb baholadi. “Hech bir davlat bunday falokatga tayyor bo‘la olmaydi”, dedi Zipper. “Turkiyaning hukumati, uyushmalari va nodavlat tashkilotlari men guvohi bo‘lgan mintaqada qo‘llaridan kelganini qildi” dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya iqtisodiyoti 2022 yilda 5,6 foizga o'sdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya iqtisodiyoti o’tgan yili 5,6 foiz, yilning oxirgi choragida esa 3,5 foiz o‘sdi. 2021-yilda 9539 dollar boʻlgan aholi jon boshiga daromad 2022-yilda 10 655 dollarga koʻtarildi. Shunday qilib, 2017 yildan beri birinchi marta aholi jon boshiga daromad 10 000 dollardan oshdi.

 

Sabah gazetasi: “Iqtisodchilar o'sish prognozini baholadilar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Iqtisodchi Haluk Burumjekchi, Turkiya iqtisodiyoti kutilgandan ham yuqori o'sishi bilan bog'liq holda, "Xususiy investitsiyalarning ko'rsatkichi bo'lgan mashina-uskunalar sarmoyalari so'nggi 13 chorakda ketma-ket ortdi" dedi.

“Piri Rais” universiteti prorektori prof. Dr. Erhan Aslanog'lu, o'sishning lokomotivi so'nggi yillarda bo'lgani kabi ichki talab bilan ham davom etayotganini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar