Matbuot sharhlari 13.02.2023

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Sani, 'asr falokati' deya ta'riflangan Kahramanmaroshdagi zilzilalardan so'ng Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an bilan uchrashish uchun Turkiyaga keldi.

1945534
Matbuot sharhlari 13.02.2023

 

Star: “Zilziladan keyin Turkiyaga tashrif buyurgan birinchi lider”

Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Sani, 'asr falokati' deya ta'riflangan Kahramanmaroshdagi zilzilalardan so'ng Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an bilan uchrashish uchun Turkiyaga keldi. Erdog’an Al Saniyni Istanbuldagi Vahdettin saroyida qabul qildi. Qatar amiri zilzilalardan so‘ng Turkiyaga tashrif buyurgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Haber Turk: “Gretsiya yordam berishda davom etmoqda”

Turkiya halokatli zilzilalardan keyin dunyodan yordam olishga davom etar ekan, Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Dendias Adanaga keldi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Dendiasni kutib oldi, ikki vazir keyinroq Hatayga bordi. Zilzila zonasida bayonotlar bergan Dendias, Gretsiyaning Turkiyaga yordami davom etishini ta'kidladi.

Hurriyet: “Rahmat qo‘shni”

Turkiyadagi zilzila qurbonlariga Antaliyaning Kash tumanidan 7,5 kilometr uzoqlikdagi Gretsiyaning Meis orolidan yordam materiallar  yuborildi. Yordam qutilariga “Hurmatli qo‘shni, zilzilalarda sizning uylaringiz bilan birga bizning  yuragimiz ham vayron bo‘ldi”, degan yozuv bor edi.

Vatan: “Turkiya bir  tani bir jon , yordam kechasi”

6-fevral kuni Qahramanmaroshda sodir bo'lgan va 10 viloyatda sodir bo'lgan ikki zilziladan so'ng Televideniye Teleradiokompaniyalari Uyushmasi yordam kechalari tashkil etishga qaror qildi. Yordam kechasi 15-fevral chorshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 20:00da “Bir tani bir jon  bilan Turkiya” shiori bilan o‘tkaziladi. Yordam Qizil Yarim Oy va Tabiiy ofat va Favqulodda Vaziyatlarni Boshqarish Boshqaruvi (AFAD) hisoblarida to'planadi.

 Sabah : "Anjelina Joli  dardli otaning surati bilan dunyoga chaqirdi"

Mashhur amerikalik aktrisa Angelina Joli, Kahramanmaroshdagi zilzila timsollaridan biri bo'lgan 15 yoshli  o’lgan qizining qo’lini  qo'yib yubormagan dardli otaning surati bilan dunyoga xabar berdi. Anjelina Joli ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti orqali zilzila qurbonlari uchun xayriya qilishga chaqirdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar