Matbuot sharhlari 08.02.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1943719
Matbuot sharhlari 08.02.2023

                

Xabar turk gazetasi: “10ta viloyat falokat zonasi deb e’lon qilindi va uch oylik favqulodda holat e’lon qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an mamlakatning zilziladan jabr ko‘rgan 10 viloyatida 3 oy muddatga favqulodda holat e’lon qildi va jabrlangan hududni falokat zonasi deb e’lon qildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’andan xalqaro hamjamiyat yetakchilariga minnatdorlik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an mamlakatda sodir bo’lgan daxshatli zilziladan so’ng unga qo’ng’iroq qilgan davlat va hukumat rahbarlariga minnatdorlik bildirdi.

“Mamlakatimizning mana shunday og‘ir kunida bizga qo‘ng‘iroq qilib hamdardlik bildirgan, xabar yo‘llab, bayonotlar bilan chiqqan, yordam takliflarini bildirgan barcha do‘stlarimizga, davlat va hukumat rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Xalqaro hamjamiyatning qo'llab-quvvatlashi ma’naviy jihatdan biz uchun o’ta muhim”,-deydi Turkiya rahbari.

 

Vatan gazetasi: “Dunyoga mashhur san'atkorlar Turkiyani qo’llab-quvvatlab hamdardlik maktublarini yo’llamoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, episentri Kahramanmarash bo’lgan zilzilalarda vayronalar ostida qolganlar uchun qidiruv-qutqaruv ishlari davom etar ekan, dunyoga mashhur san’atkorlar Turkiyani qo'llab-quvvatlab chiqish qilmoqda. Russell Crowe, Antonia Banderas, Evgeny Grinko, Mark Alan Ruffalo, Jay Jay Johanson, Dua Lipa va Mark Eliyahu kabi ko'plab aktyor va san'atkorlar ijtimoiy tarmoqlar orqali Turkiyaga ta'ziya maktublarini yuborishdi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiya bir jonu bir tan bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning turistik shahri Antaliyada ko’plab mehmonxonalar zilziladan jabrlangan insonlar uchun o’z eshiklarini ochdi. Ular uchun 9450ta xona ajratildi. Zilzilada jabrlangan 15 ming kishiga xona ajratildi. Xonalar sonini ko‘paytirish borasidagi ishlar ham davom etmoqda. Minglab ko'ngilli yordamsevarlar falokat zonasida qidiruv-qutqaruv tadbirlarida ishtirok etish uchun ariza topshirdi. Yaradorlar uchun qon topshirish istagida bo‘lgan fuqarolar ham tibbiy markazlarga shoshildi.

 

Star gazetasi: “Bir qator davlatlardan Turkiyaga yordam aktsiyasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya janubi-sharqidagi 10ta viloyatda sodir bo'lgan zilzila qurbonlari uchun ko'plab davlatlar yordam fondlarini tashkil qildi. Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning ko'rsatmasi bilan Turkiya uchun jamg'arma tashkil etilgan bo'lsa, Tayvan 2 million dollar yordam berishini ma'lum qildi. Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti voizi Ned Prays ham Turkiya va Suriyaga insonparvarlik yordami mablag'larini taqdim etishlarini ma'lum qildi. Qirg‘iziston ham zilzila qurbonlariga yordam kampaniyasini boshladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta

Aloqador xabarlar