Matbuot sharhlari 06.02.2023
Aydinda yoshlar bilan uchrashgan Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, Istanbuldagi konsulliklarini yopishga qaror qilgan 9 davlatga munosabat bildirdi.

Yenisafak "Erdog'anning to'qqiz davlatga "konsulliklarni yopish"ga munosabati"
Aydinda yoshlar bilan uchrashgan Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, Istanbuldagi konsulliklarini yopishga qaror qilgan 9 davlatga munosabat bildirdi. Elchilarning Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, ultimatum berilganini va “Davom etsangiz og’ir evaz to’laysiz” deganini eslatgan Prezident Erdo’g’an: “Dushanba kuni Vazirlar Mahkamasining yig’ilishimiz bor. Kerakli qarorlarni u yerda qabul qilamiz. " deya ifoda etgan.
Hurriyet "Varank: Turkiyani saqlash texnologiyalarida ham muhim muhim rol o’ynamoqchi"
Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, Kayseridagi Yevropaning birinchi va yagona silindrsimon lityum-ion batareya ishlab chiqarish korxonasida tekshiruv o'tkazdi. Varank, “Turkiyani akkumulyator sanoati va saqlash texnologiyalarida muhim o‘yinchiga aylantirmoqchimiz” dedi.
Star "Xorijdan katta qiziqish bor"
Turkiya o'z suv osti kemalarini loyihalashtirib, ishlab chiqarishga qodir 5-6 davlatdan biri bo'lishga tayyorlanmoqda. Sinov ishlab chiqarishni boshlagan milliy suv osti kemasi STM500 bu yil ko'rinadi. Xorijdan milliy suv osti kemalariga allaqachon qiziqish katta.
Sabah "Qishloq xo'jaligidan eksportda yanvar rekordi"
Turkiya qishloq xo'jaligi sektori 2 milliard 875 million dollar bilan barcha davrlarning eng yuqori yanvar eksportiga erishdi.
Haberturk "Yanvar oyida Kapadokiyaga tashrif buyuruvchilar soni bo'yicha rekord o'rnatildi"
Tarixiy, madaniy boyliklari va tabiiy go‘zalliklari bilan mahalliy va xorijlik sayyohlarni o‘ziga tortgan turizm markazlaridan biri bo‘lgan Kapadokiyaga joriy yilning yanvar oyida 174 ming 222 kishi tashrif buyurdi. 2023-yilning birinchi oyida o‘tgan yillarning shu davriga nisbatan yangi rekordga erishildi.
Aloqador xabarlar

Matbuot sharhlari 27.03.2023
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.