Matbuot sharhlari 03.02.2023
Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li Turkiyaning ogohlantirishi natijasida Norvegiya Qur’onni yoqish ruxsatini bekor qilganini ma’lum qildi.

Star : Turkiya qadam tashladi, Norvegiya orqaga chekindi
Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li Turkiyaning ogohlantirishi natijasida Norvegiya Qur’onni yoqish ruxsatini bekor qilganini ma’lum qildi.
Yeni Shafak: “ Matbuot kotibi Chelik” konsulliklarini yopgan davlatlarga munosabat bildirdi.
Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) matbuot kotibi O'mer Chelik, Turkiyadagi konsulliklarini 'xavfsizlik' sababli yopgan davlatlarga munosabat bildirdi. Matbuot kotibi Chelik, "Turkiya xavfsiz bir o'lkadir. Xavfsizlik kuchlarimiz va razvedka bo'linmalarimiz ishlamoqdalar. Bugungi kunda xavfli deb ta'riflaganlar muhojirlarga qarshi va Islomga qarshi siyosiy harakatlardir va demokratiyaga qarshi kurashayotgan muqaddas kitobimiz bo'lgan Qur'on karimga hujum qilgan davlatlardir” deya qayd etdi.
Hurriyet: Varank: Mamlakatlar IHA va SIHAlarni sotib olish uchun navbatda turibdilar
Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, kechagi nutqida, Turkiya mudofaa sanoati sohasida sezilarli darajada tezlik qozonganini ma'lum qildi va "Mamlakatlar IHA va SIHAlarni sotib olish uchun navbatda turibdilar " dedi.
Sabah : HURJET dvigatelni ishga tushirdi
Mudofaa sanoati raisi Ismoil Demir kecha ijtimoiy media hisobidan baham ko'rdi: "Turk mudofaa sanoati sifatida Respublikamizning 100 yilligi munosabati bilan ishlarimiz to'liq tezlikda davom etmoqda. Reaktiv ta'lim va yengil hujum samolyoti Hurjet dvigatelini ishga tushirdik! Endi esa uchish vaqti keldi.” Deya bildirdi.
Vatan: Vazir Mush: Yanvar oyida eksport 19,4 milliard dollarga yetdi
Savdo vaziri Mehmet Mush, yanvar oyining tashqi savdo raqamlari bilan bog'liq bayonotida, "Turkiya muhim ishlab chiqarish bazasi, 2023 yilda muvaffaqiyatga erishishiga shubhamiz yo'q. Eksport yanvar oyida 10,4 foiz o'sib, 19,4 milliard dollarga yetdi" dedi.
Aloqador xabarlar

Matbuot sharhlari 27.03.2023
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.