Matbuot sharhlari 02.02.2023

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1941043
Matbuot sharhlari 02.02.2023

 

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’anning Shvetsiya haqida qarori” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, “Biz uchun muqaddas kitob Qur’onni yoqib yuborish kabi harakatlarga Shvetsiyada ruxsat berilar ekan, biz Stokholmning Alyansga qo‘shilish haqidagi arizasiga "ha" deb javob bermaymiz. Finlandiya haqidagi fikrimiz ijobiy, lekin Shvetsiyaga nisbatan emas. Buni bilib qo’ying!”, dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Chavusho’g’ludan Shvetsiya va Finlyandiyaga maslahat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zo bo’lish jarayoniga munosabat bildirib, “Shvetsiyadan talablarni bajarish bo’yicha aniq qadam ko'rmadik. Turkiyaning xavfsizlik bo’yicha xavotirlarini to’g’ri tushunishlarini kutib qolamiz. Agar NATO uch tomonlama kelishuvni o’zgartirsa, Turkiya Finlyandiyaning alyansga a’zo bo’lishiga ijobiy qaraydi" dedi.

 

Sabah gazetasi: “Akar: Biz hujumlarga darhol javob beramiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Iroq shimolidagi harbiy bazalarga hujumlar haqida munosabat bildirib, "Vaqti-vaqti bilan hujumlar bo'lib turadi va biz har doim kerakli javobni ortig’i bilan qaytaramiz”, dedi.

 

Star gazetasi: “Belgiya davlat kanali: Erdo'g'an Yevropa liderlari qila olmagan narsaga erishdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Belgiya Davlat kanali RTBF Turkiya bilan bog'liq diqqatga sazovor xabarni namoyish qildi. Unda Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning ayniqsa, xalqaro miqyosda muhim muvozanatli qadamlar tashlagani ta’kidlandi. Prezident Erdo’g’an Yevropaning boshqa yetakchilari qila olmagan ishni uddalagani ma’lum qilindi.

 

Hurriyat gazetasi: “Antaliya turizmida yanvar oyi rekordi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning “turizm poytaxti” Antaliyada 2023-yilning birinchi oyida rekord o‘rnatildi. Yanvar oyida Antaliyaga havo yo'li bilan kelgan sayyohlar soni o'tgan yilga nisbatan 58 foiz ortib, 291 ming 647 kishiga yetdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta

Aloqador xabarlar