Matbuot sharhlari 01.02.2023

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1940695
Matbuot sharhlari 01.02.2023

Star gazetasi: Chavushoʻgʻlu Shvetsiya haqida bayonot berdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirish masalasida bayonot berar ekan, kerakli shartlarni bajarsa ham oʻylab koʻrilishi kerakligini qayd etib mavzu haqida: “Ammo hozir mavjud shartlarda Shvetsiyaning NATO a’zoligini qabul qilishimiz imkonsiz”.-dedi.

Sabah gazetasi: Germaniyada chop etilgan Bild gazetasi Turkiyaning Germaniyadan oʻtganini qabul qildi. Turkiyaning ham Rossiya – Ukraina urushi paytida kuzatgan tinchlik mazmunidagi diplomatiyasi ham da global miqyosda rivojlantirgan eksport kuchi tahlil mavzusi boʻlishni davom etmoqda. Germaniyada chop etilgan Bild gazetasi, Turkiya haqida qalamga olgan maqolada Turkiya muvaffaqiyatini qabul qilgan mazmundagi ifodalarga oʻrin berdi. Turkiyaning Rossiya bilan boʻlgan eksport va import raqamlarini faqatgina bir yil ichida ikki barobarga orttirganiga e’tibor qaratgan gazeta, Turkiyaning bu borada Germaniya tahtini egallab olganini ta’kidladi.

Hürriyet gazetasi: Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Turkiya uchun oʻsish prognozini oshirdi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Turkiyaning 2022 - yil uchun oʻsish prognozini oshirdi. Oktabr oyidagi hisobotida Turkiyaning 2022 - yil oʻsish sur’atini 5 foiz deb baholagan XVJ, yangi hisobotida bu koʻrsatkichni 5,5 foiz deb qayd etdi.

Vatan gazetasi: Turk askarlari nishonga olgan nuqtalarga CIRIT raketalar orqali zarba berdi. Qarsda, murakkab shartlarda davom etayotgan va “Qish mashqlari – 2023” deb nomlangan otish amaliyotida askarlar, nishonga olingan nuqtalarga “CIRIT” raketalar orqali zarba berdi.    

Yeni Şafak gazetasi: Ketma – ket rekord oʻrnatildi. Oxirgi uch yil davomida yoʻlovchilar soni va qatnovlari jihatidan Yevropadagi aeroportlar orasida birinchi oʻrinni egallagan va 2022-yilni lider sifatida yakunlagan Istanbul aeroporti, yanvar oyining 4 - haftasida bir kunda 1229 qatnov yoʻlga qoʻyib, birinchi oʻrinni egalladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Istanbul aeroporti , #Qars

Aloqador xabarlar