Matbuot sharhlari 30.01.2023
Turkiya gazetalaridan sharhlar...

Hurriyat gazetasi: “Prezident Erdo’g’anning Shvetsiyaga munosabati” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a'zolik jarayoniga to'xtalib, "Finlandiya haqida boshqacha qaror olamiz, Shvetsiya hayratda qoladi" dedi.
Yeni shafak gazetasi: “Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p kuzatilgan ikkinchi yetakchi bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Italiyadagi raqamli ma'lumotlarni tahlil qiluvchi fondning tadqiqotiga ko'ra, Prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an ijtimoiy mediada eng ko'p kuzatilgan liderlar qatoridan joy oldi. Tadqiqotga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlarda eng ko'p kuzatuvchisi bo'lgan dunyo yetakchilari; Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden, Prezident Erdo'g'an va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bo’ldi.
Sabah gazetasi: Hulusi Akar: “Tinchlikka hissa qo‘shish uchun faoliyatimizni davom ettiramiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Turkiya mintaqa va dunyo tinchligi uchun kurashayotganini aytdi. “Bir tomondan chegaralarimizni himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash, boshqa tomondan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Ozarbayjon, Liviya, Somali, Sudan, Kosovo va Bosniyada minglab askarimiz bilan mintaqa va dunyo tinchligiga hissa qo’shish uchun kechayu kunduz faoliyatlarimizni davom ettirmoqdamiz”,-dedi Hulusi Akar.
Vatan gazetasi: “Bayraktar - afsonaviy qanotlar" nomli hujjatli film Ukrainada” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Bayraktar TB2 SİHA dronlari haqida hujjatli film tayyorlanib, Ukrainaning eng yirik telekanallaridan biri bo'lgan 1+1 da namoyish etildi. Hujjatli filmda Baykar kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Selchuk Bayraktar va bosh direktor Haluk Bayraktar bilan suhbatlar ham o'rin oldi.
Star gazetasi: “Makaron eksportida ko’zlangan maqsad 1,5 million tonna” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, o'tgan yili Turkiyadan 160 davlatga 967 million dollarlik 1,3 million tonna makaron eksport qilindi. Sektor joriy yilda eksport hajmini 1,5 million tonnaga yetkazishni maqsad qilmoqda.