Matbuot sharhlari 27.12.2022

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Qoradengizda 58 milliard kub metr yangi tabiiy gaz zahirasi topilganini ma'lum qildi.

1923996
Matbuot sharhlari 27.12.2022

 

Haber Turk gazetasi: “Qora dengizda yangi tabiiy gaz kashfiyoti”

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Qoradengizda 58 milliard kub metr yangi tabiiy gaz zahirasi topilganini ma'lum qildi. Qoradengizdagi gaz zaxirasining 710 milliard kub metrga yetganini ta'kidlagan Erdo'g'an, "Xalqaro bozorlardagi tabiiy gaz ekvivalenti bugungi kun raqamlari bilan 1 trillion dollar" deb ma'lumot berdi.

Star gazetasi: “Suriya shimolida xavfsizlik chizig’i o’rnatiladi”

Kelgusi yil butun janubiy chegaralar boʻylab terrorni manbasida yoʻq qilish strategiyasini qatʼiyat bilan tatbiq etishda davom etishlarini taʼkidlagan Erdogʻan, “30 kilometr chuqurlikdagi xavfsizlik chizigʻimizdagi boʻshliqlarni yopish uchun yangi qadamlar qoʻyamiz. Mamlakatimizga, ayniqsa Suriyadan kelayotgan tahdidlarni butunlay bartaraf etish uchun”.

Hurriyet: “Erdog’an 3 yil oldin ogohlantirgan”

Fransiyaning poytaxti Parijda 3 kishining o'limiga sabab bo'lgan hujumdan keyin sodir bo'lgan voqealarda PKK tarafdorlari ko'plab transport vositalarini ag'darib, o't qo'ydi. Hodisalarda ko‘plab odamlar jarohatlangan. Prezident Erdog’an 2019-yilda qilgan nutqida terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlagan davlatlarga “Buni noto’g’ri qilyapsiz. Bugun o‘z qo‘lingiz bilan boqayotgan qo‘rqinchli ilon oxir-oqibat qaytib kelib, sizni ham tishlaydi”, deb ogohlantirgan edi.

 Sabah: “Fransiya elchisi tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi”

Fransiyaning Anqaradagi elchisi Herve Magro Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Fransiya elchisi, PKK/PYD/YPG doiralarining Turkiyaga qarshi boshlagan qora propagandasi va bu propagandada Fransiya hukumati rasmiylari va ba'zi siyosatchilarning qo'llanilishidan o'z noroziligini bildirdi.

Yeni Shafak: “Saudiya Arabistonidan Turkiyaga 3,3 trillion dollar sarmoya kiritish maqsadi”

Saudiya Arabistonidan 100 dan ortiq firma sarmoya va hamkorlik uchun Turkiyaga keldi. Ikki davlat oʻrtasidagi siyosiy aloqalar natijasida yaratilgan ijobiy muhit sarmoya va savdo sohalarida ham oʻz ifodasini topdi. Saudiya Arabistoni investitsiya vaziri Xolid bin Abdulaziz Al Falih, 2030 yilga mo'ljallangan istiqbollari doirasida Turkiyaga 3,3 trillion dollarlik to'g'ridan-to'g'ri sarmoya kiritishni maqsad qilganliklarini ma'lum qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar