Matbuot sharhlari 08.12.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1916397
Matbuot sharhlari 08.12.2022

 

Yeni shafak gazetasi: “Fransiya matbuotidan Erdo’g’anga maqtov” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Fransiyaning Le Monde gazetasi, dunyo Rossiya-Ukraina urushi bilan og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan bir paytda g‘alla yo‘lagi kelishuvidagi roli bilan qariyb 400 million odamni ochlikdan qutqargan Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an haqida “U o'ziga bo'lgan ulug'vor ishonch bilan ostin-ustun bo'lgan dunyoning qusurlarini chuqur o'rganishga muvaffaq bo'lmoqda” degan so’zlarga o’rin berdi.

Erdo’g’anning siyosiy inqirozlarni imkoniyatga aylantira olish qobiliyatiga ham diqqat qaratildi.

 

Star gazetasi: “AQShning F-16 qaroriga Chavushog’lidan munosabat” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, “AQSH mudofaa byudjeti bo‘yicha qonun loyihasining yakuniy versiyasida Turkiyaning F-16 samolyotlarini sotib olishi bilan bog’liq salbiy elementning yo’qligi ijobiy o’zgarishdir. Buni ijobiy baholaymiz” dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Kalin: Kipr masalasi butun Turk dunyosining masalasidir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin, “Kipr masalasi butun turk dunyosining masalasidir. Kipr masalasi huquq, qonun va adolat masalasidir”, dedi.

 

Sabah gazetasi: “Qishloq xo'jaligidan oylik eksport rekordi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Qishloq xo'jaligi sektori 3 milliard 329 million dollar bilan barcha davrlarning eng yuqori oylik eksportini amalga oshirdi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya fuqaro aviatsiyasida dunyodagi eng katta parvoz tarmog'iga ega davlatga aylandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Odil Karaismailog'lu, 2003 yilda 50 mamlakatda 60 ta bo'lgan xalqaro parvoz manzillari soniga 282 ta yangi yo'nalish qo'shilganini ta’kidlab, "2022 yil noyabr oyi holatiga ko'ra, parvoz yo’nalishimizni 130 mamlakatda 342 taga oshirdik. Shunday qilib, Turk fuqaro aviatsiyasini dunyodagi eng katta parvoz tarmog'iga aylantirdik”,- dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar