Matbuot sharhlari 07.12.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1915894
Matbuot sharhlari 07.12.2022

                              

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an: Endi o'zi qaror chiqaradigan Turkiya bor” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Turkiya endi siyosat va iqtisodda o'zi mustaqil qaror  qabul qiladigan davlat ekanligini ta'kidlab, "Eksport ortdi. O'sish davom etmoqda. Endi Turkiya dunyoning 3ta o'sib borayotgan davlati orasida birinchi 5 talik qatoridan joy oldi”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Erdo’g’an Yevropaning eng kuchli siyosiy yetakchisi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Burson Cohn va Wolfega tegishli raqamli diplomatiya tadqiqot guruhi Twiplomacy tomonidan olib borilgan “Twitterdagi eng kuchli liderlar” anketasida prezident Erdo’g’anning profili 2022-yilda 2 pog’ona ko’tarilib, dunyodagi uchinchi eng kuchli Twitter hisobiga aylandi. Erdo‘g‘on Yevropaning eng qudratli siyosiy yetakchisi unvonini ham saqlab qoldi.

 

Vatan gazetasi: “Erdo’g’an: Hech kim Turkiya va Ozarbayjonni bir-biridan ajrata olmaydı” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdog’an, “Birodar mushti” deb nomlangan Ozarbayjon-Turkiya qo’shma mashqlari muvaffaqiyatli yakunlanganidan so’ng, ikki davlat milliy armiyasi yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi. Erdo’g’an ularni tabriklab, “Bu mashqlar har birimizni bir yoqadan bosh chiqarishimizni ko’rsatdi. Bizni bir-birimizdan hech kim ajrata olmaydi”,- dedi.

 

Star gazetasi: “Ozarbayjon turk qurolli kuchlari modeliga o’tdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ozarbayjon Mudofaa vaziri Zokir Hasanov, Turk Qurolli Kuchlari dunyoning yetakchi armiyalaridan biri ekanligini maʼlum qilib, Ozarbayjon armiyasining turk armiyasi modeliga oʻtishi bilan bogʻliq islohotlar amalga oshirilganini aytdi.

 

Sabah gazetasi: “Chavusho’g’lidan Gretsiyaga keskin e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Gretsiyaning taranglikni kuchaytirgan harakatlariga munosabat bildirdi. Gretsiya qurolsizlangan orollar maqomini buzishni bas qilishi kerakligini ifoda etgan Chavusho’g’li, “Yo Gretsiya bu mavzuda bir qadam tashlab, kelishuvlarga amal qiladi yoki bir kechada kerakli chorani ko’ramiz” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta

Aloqador xabarlar