Matbuot sharhlari 06.12.2022

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1915297
Matbuot sharhlari 06.12.2022

                              

Star gazetasi: “Yevropa Turkiyaning diplomatik kuchiga muhtoj” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Star gazetasi Bosh muharriri Nuh Albayrak, Rossiya-Ukraina urushi tufayli Yevropa ayni damda Turkiya atrofida aylanayotganini bildirdi. Yevropa Turkiyaning g'alla yo’lagi va energiyaga qaratilgan tashabbuslariga diqqat qaratganini ta'kidlagan Albayrak, "Yevropa davlatlari Turkiyaning diplomatik kuchiga muhtoj”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “O’ktay: Turkiya byudjeti sarmoyadorlarni rag'batlantiradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Parlamenti Bosh Assambleyasida 2023-yilgi Markaziy hukumat byudjeti qonuni taklifi yuzasidan muzokaralar boshlandi. Byudjet taqdimotini olib borgan vitse-prezident Fuat O’ktay, “Budjetimiz tadbirkorlar va investorlarni rag’batlantiradi” dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Abdulhamid Xon” kemasi burg'ulashni boshladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, “Abdulhamid Xon” burg'ulash kemasi O'rta yer dengizidagi “Tasuju-1” qudug'ida burg'ulashni boshladi. Turk Neft Korporatsiyasining (TPAO) tvitter’dagi sahifasida, "Mustaqil energiya, Kuchli Turkiya maqsadi sari ishlashda davom etamiz" degan ifodalarga o’rin berildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya va Ozarbayjondan qoʻshma harbiy mashgʻulot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlari Ozarbayjonda qo’shma harbiy mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Turkiya va Ozarbayjon qo'shinlari Baku, Astara, Jabroyil va Imisli viloyatlarida mashg'ulotlarni boshladi. Mashg‘ulotlarda quruqlik va havo kuchlari, maxsus bo‘linmalar, muhandislik bo‘linmalari, raketa va artilleriya bo‘linmalari turli vazifalarni bajaradi.

 

Sabah gazetasi: “Suriyaliklar uylariga qaytish uchun quruqlikdagi operatsiyani kutmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk Qurolli Kuchlari va Suriya Milliy Armiyasi operatsiya uchun buyruq kutar ekan, terror tashkiloti PKK/YPG ishg'ol qilgan hududlardan qochishbi boshladi. YPG/PKK jangarilari tomonidan o'z yurtlaridan Turkiya chegarasiga haydalgan yuz minglab suriyaliklar Azez, Shehba va Tel Rifatdagi uylariga qaytish uchun quruqlikdagi operatsiyani kutmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot , #gazeta

Aloqador xabarlar