Matbuot sharhlari 05.12.2022

Turkiya matbuotidan sharhlar...

1914802
Matbuot sharhlari 05.12.2022

 

Sabah gazetasi: “G‘alla yo‘lagi orqali tashilgan don miqdori 13 million tonnadan oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vazirligi Ukraina portlaridan don tashish davom etayotganini va tashilgan don miqdori 13 million tonnadan oshganini bildirdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Varank: Turkiya elektrifikatsiya bo’yicha yetakchi davlatlardan biri boʻladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank Izmirdagi avtomobil ehtiyotkor qismlarini ishlab chiqaradigan zavodga tashrif buyurib, "Turkiya elektrlashtirish bo'yicha yetakchi davlatlardan biri bo'ladi va biz bu yerdan dunyoga sotadigan mahsulotlarimiz bilan bir qatorda, Turkiyadagi ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlarini shu yerdan yetkazib bera boshlaydi”,-dedi.

 

Star gazetasi: “Kizilelma” droni jahon kun tartibida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning ilk uchuvchisiz qiruvchi samolyoti “Bayraktar Qizilelma” jahon matbuoti tomonidan yaqindan kuzatilmoqda. “Kizilelma” parvoz jarayonida muvozanatini saqlash bo’yicha testlarda muvaffaqiyatli bo’lganini yozgan xorij matbuoti birinchi parvozga sanoqli kunlar qolganini ma’lum qildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turk lirasidagi eksport noyabr oyida yillik miqyosda 114 foiz ortdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning turk lirasidagi eksporti noyabr oyida o'tgan yilning shu oyiga nisbatan 114 foiz ortib, 15 milliard 679 million liraga yetdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Istanbul aeroporti Yevropaning eng yuqori qismida joylashgan” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, oxirgi uch yilda kelgan yo’lovchilar soni boʻyicha Yevropadagi aeroportlar orasida birinchi oʻrinni egallagan Istanbul aeroporti joriy yilning 25-noyabridan 1-dekabriga qadar kuniga 1210 ta reys bilan Yevropaning eng gavjum aeroporti boʻldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar